U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


XII BO‘LIM BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA


Download 1.35 Mb.
bet144/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

XII BO‘LIM
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINING XUSUSIYATLARI
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohalarida hisob-kitob ishlarini
aniq yo‘lga qo‘yish, ular faoliyati xaqidagi ma’lumotlardan davlat miq-
yosida foydalanish va davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri
shakllantirish muammolari bu sohalardagi buxgalteriya hisobining o‘ziga
xos tomonlarini tashkil etadi. Bu sohaga mulkchilik turidan qat’i nazar,
davlat budjetidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan yoki xo‘jalik
hisobida ish yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi muassasa va tashkilotlar
kiradi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga so-
luvchi asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet
tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomadir.
12.1. BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINI TASHKIL QILISH
Budjet tashkilotlari budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha
buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida» gi Qonuniga, yuqorida ko‘rsatilgan yo‘riqnomaga va boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil qiladilar.
Tashkilotlarda buxgalteriya hisobi mazkur yo‘riqnomaga muvofiq
buxgalteriya hisobi yuritishning memorial order shaklida olib boriladi.
Tashkilotning rahbari tashkilotda buxgalteriya hisobini tashkil
qilinishini hamda to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik opera-
tsiyalarini nazorat qilish tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga
oshirilishini, shuningdek, buxgalteriya hujjatlarining saqlanishini ta’min-
lanishi shart.
Tashkilotlarning rahbarlari va bosh hisobchilari, hisobchilari o‘zla-
rining tizimidagi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini yuritilishini va
moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri tuzilishini muntazam nazorat qilib
turadilar.
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi
mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi va tashkilotning boshqa biron–
bir bo‘linmasi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi. Tashkilot bosh hisobchisi

200
bevosita mazkur tashkilot rahbariga, buxgalteriya hisobini yuritish,


hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, yuqori
tashkilot bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda
buxgalteriya hisobining yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarning o‘z
vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan vazifalarning bajarilishiga javobgar bo‘ladi. Bosh hisobchi
buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir xodim uchun
alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funksional belgilarga
qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki alohida
bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling