U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet147/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma
qaydnoma, 381-son shakl;
2-memorial order – budjet mablag‘larining harakatiga doir
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
3-memorial order – budjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;

203
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob


varaqalari yig‘indisi, 405-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib
boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha
jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va
joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir
jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir
jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma,
396-son shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik
uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha
qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy
fondlarni har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi,
yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va «Storno» operatsiyalari bo‘yicha
alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun
alohida 16 dan boshlab raqamlanadi.
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida
memorial orderlarda (274-son shakl) belgilangan doimiy raqamlar berilib
ko‘rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab,
ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechik-
tirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi
asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda
ikkiyoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi
(hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi «Bosh-jurnal kitobi»da
ro‘yxatga olinadi. «Bosh-jurnal kitobi» har bir subschyot bo‘yicha
yuritiladi.
«Bosh-jurnal kitobi» o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq
yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi.

204
Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order-jamlanma


qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab «Order bo‘yicha summa»
qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi.
Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham
kreditda ham «Order bo‘yicha summa» qatorining jamiga teng bo‘lishi
kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot
bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.
Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya
daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.
Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy
hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirish
muddatlarini bosh hisobchi ta’minlaydi.
Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki
zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjat-
laridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.
Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning
jami hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.
Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan
xatolar belgilangan tartibda tuzatiladi.
Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining
to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har
bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (M-44-son shakldagi material
zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma
qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma
qaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har
bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl «Bosh-jurnal kitobi»dagi
mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy
yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.
Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har
chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar
kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham
mumkin.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil
boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli
hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.
Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan
qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘lsa,
moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga

205
asosan, bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil


registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib
qo‘yiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar,
memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan
birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak.
Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta
qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning
nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning
boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.
Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari, shuningdek, debitorlar va
kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar
va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya
natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda
davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, set, shtat va kontingentlar
bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarni
tuzadilar va topshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya
hisobi milliy valuta – so‘mda yuritiladi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling