U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘lov topshiriqnomasi
2.2. BANKDAGI HISOB-KITOB VA VALUTA
SCHYOTLARIDA PUL MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 1. Schyot ochish uchun ariza. 2. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq- langan guvohnomaning ko‘chirmasi. 3. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma. 4. Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat. 5. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot. 6. Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi. Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi. Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi; 1. To‘lov topshiriqnomasi. 24
3. Inkassa topshiriqnomalari. 4. Pul cheki. 5. Pul badallari haqidagi e’lon. To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob- lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi. Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi: — bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin; — tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan; — yirik bitimlarda qisman to‘lovlar. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling