238
Inkassatsiya – turli to‘lov xizmatlari asosida bankdan naqd pul olish.
Inkassator – asosan muassasalardan tashqarida yurib pul yig‘ish va pul to‘lashga
vakil qilingan mansabdor shaxs.
Inkassa
– bank operatsiyasining bir turi, bankning turli hujjatlar orqali (veksel,
chek va boshqalar) mijozlar nomidan va ular hisobidan oladigan
puli.
Innovatsiya–
yangilikni joriy qilish, fan-texnika yutuqlarini boshqarish va tashkil
qilish sohasidagi yangiliklar majmui.
Inflyatsiya – 1) muomaladagi qog‘oz pullar miqdorini taklif qilingan savdoga
chiqarilgan tovar narxlarning yig‘indisidan ko‘payib ketishi; 2) qog‘oz
pulning juda ko‘p chiqarilishi natijasida pulning qadrsizlanishi.
Bunday holat xo‘jalik yuritish borasidagi qiyinchiliklarni bartaraf
qilish davrida, mahsulot ishlab
chiqarish kamaygan hollarda
qo‘shimcha pul chop etish natijasida yuzaga keladi.
Infratu-
– ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish shart-sharoitini
ta’minlovchi tarmoqlar majmui. Ishlab chiqarishni energiya bilan
ta’minlash, transport, aloqa, informatika va
boshqalar ishlab chiqarish
I. ni tashkil qiladi. Aholining turmush tarzini ta’minlovchi uy-joy,
sog‘liqni saqlash muassasalari, o‘quv yurtlari, fan va shu kabi sohalar
ijtimoiy I. ni tashkil qiladi.
Inqiroz
– 1)
taraqqiyotning orqaga qaytishi, pasayishi, tanazzuli, regress,
tushkunlik; 2) tugash, bitish. I. ga uchramoq (yoki yuz tutmoq),
orqaga ketmoq, pasaymoq, tushkunlikka uchramoq.
Islohot
– turli ravishda o‘tkazilgan o‘zgarish:
isloh qilish, reforma. Iqtisodiy
I.– iqtisodni inqiroz holatidan chiqarish borasida o‘tkazilgan chora-
tadbirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: