U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet174/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Kontraktiv bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini
aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv,
schyotining qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Kontrpas- – bu shunday schyotki, moliyaviy hisobotda majburiyat yoki kapitalning
sof qiymatini aks ettirish uchun uning qoldig‘i u bilan bog‘liq bo‘lgan
passiv schyotining qoldig‘idan chegirib tashlanadi.
Korrektura – buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi xatolarni tuzatish. Korrektura
usulining mohiyati shundan iboratki, bunda noto‘g‘ri yozuvning
ustidan yupqa qilib chiziladi, uning yon tomoniga yoki tepasiga
to‘g‘ri yozuv yoziladi va bu to‘g‘rida muayyan hujjatning tagida
hisobning shu sohasiga javobgar shaxs yoki bosh buxgalter
tomonidan izoh beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Qilingan
tuzatishga «tuzatilgani to‘g‘ri» degan yozuv ilova qilinadi va tuzatish
sanasi ko‘rsatiladi.
Schotlar
– ikkiyoqlama yozuv vositasida schyotlar o‘rtasidagi paydo bo‘lgan
o‘zaro aloqa schyotlar korrespondensiyasi deyiladi. Bu korres-
pondensiya qatnashuvchi schyotlar korrespondensiyalanuvchi
schyotlar deb ataladi.
Schyotlar korrespondensiyasini aks ettiruvchi qisqacha yozuv
buxgalteriya provodkasi deyiladi.
Kredit
– (lat. creditum–qarz) 1) kirim-chiqim daftarining chiqimlari; 2) qarzga
mol berish, shuningdek, qarzga beriladigan mol, pul; 3) ma’lum
xarajatlar uchun chiqariladigan pul, mablag‘; Davlat K– davlatning
zayom obligatsiyalari chiqarish yo‘li bilan qarz olishi. Bank, sug‘urta
uyushmalari va aholining barcha tabaqalari kreditor bo‘lishlari
mumkin. Bank K. – pul ssudasi ko‘rinishidan yuridik va jismoniy
shaxslarga beriladigan qarz. Tijorat K – bir tadbirkorning ikkinchisiga
mahsulotning pulini keyin to‘lash sharti bilan sotish. Xalqaro K. –
davlatlar o‘rtasida qarz olish, qarz berish munosabatlari.
Kredit
– kichik o‘lchamdagi plastik yoki metall kartochka ko‘rinishidagi hujjat
bo‘lib, bankdagi hisob sohibining shaxsini tasdiqlaydi va unga naqd
pullar yordamisiz tovar va xizmatlarga haq to‘lash huquqini beradi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling