U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Kreditor – qarzga mablag‘ beruvchi tomon. Krizis


Download 1.35 Mb.
bet175/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Kreditor
– qarzga mablag‘ beruvchi tomon.
Krizis
– (yunon. krisis–hal etish, oqibat)- q. Inqiroz.
L
Lizing
– asosiy fondlarni uzoq muddatga ijaraga olish. Yangiliklarni, ishlab
chiqarish va sotishni moliya bilan ta’minlash usuli. L. sanoat
korxonalariga bir yo‘la katta miqdorda pul sarf qilmasdan kerakli
mahsulotlarni olish imkonini beradi. L. ikki ko‘rinishda: moliyaviy
schyot
siv schot
korrespon-
dentsiyasi
kartochka-
lari

241
va tezkor bo‘ladi. Moliyaviy L. ijaraga olingan fondning to‘la


qiymatini va ijarachi foydasini qoplashni ko‘zda tutadi. Tezkor L. –
amortizasiya davridan qisqa muddatga tuzilgan kelishuv.
Limit
– xo‘jalik faoliyati turli jihatlari miqdorining cheklanishi, faoliyat
doirasi, chegarasining belgilanishi. L. davlat yoki yirik birlashma
tomonidan o‘z korxonasi uchun o‘rnatiladi.
Litsenziya – (lat.licentia–erkinlik, huquq) – ruxsatnoma; 1) chet mamlakatlardan
mol keltirish yoki chet elga mol chiqarish uchun davlat organlari
tomonidan beriladigan ruxsatnoma; 2) biror narsadan yengil shartlar
bilan yoki bepul foydalanish huquqi; 3) chegaradan mol chiqarish
yoki mol kiritishda boj to‘lovlarini kamaytirish. Patentlangan L. –
ro‘yxatga olinib, guvohnoma berilgan kashfiyotdan foydalanish
huquqini boshqalarga berish.
Luka
– 1494-yili italiyalik matematik, faylasuf va olim Luka Pacholi ikki-
yoqlama yozuv metodini asoslab bergan. Uning «Schyotlar va
yozuvlar to‘g‘risidagi traktatida» (lat. tractatus – muhokama)
yozuvlarni bir vaqtning o‘zida «bermoq» va «ega bo‘lmoq»
schyotlarda aks ettirish va «bermoq» va «ega bo‘lmoq» schyotlarning
summalarining yiq‘indisi o‘zaro teng kelishi kerak deb aytgan. Agar
ular teng kelmasa, bilingki sizning hisob-kitoblaringizda xatolik
mavjud. Buxgalteriya hisobi fanining asoschisi hisoblanadi.
LIFO
– sarf qilingan materiallar qiymatini hisobdan chiqarishning usullaridan
biri bo‘lib LIFO usuli – o‘sib borayotgan inflyatsiya sharoitida vaqt
bo‘yicha oxirgi sotib olingan materiallar qiymatidan kelib chiqqan
holda hisobni yuritishdir.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling