U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


-m o d d a. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 1.35 Mb.
bet185/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

1-m o d d a. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda hisobot tuzish bilan bog‘liq
munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga
solinadi. Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida
ushbu Qonunda bayon etilganidan ko‘ra boshqacha qoidalar belgilangan
bo‘lsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qo‘llanadi.

251
2-m o d d a. Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari


Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida
to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan
ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining vazifalari:
– buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning holati va harakati,
mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda
aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
– samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini
umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
3-m o d d a. Buxgalteriya hisobi subyektlari
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Res-
publikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston
Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan shu’ba
korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari
buxgalteriya hisobi subyektlaridir.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugul-
lanuvchi shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda buxgalteriya
hisobini yuritadi va buxgalteriya (moliya) hisobotini taqdim etadi.
4-m o d d a. Buxgalteriya hisobi obyektlari
Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar,
daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan
bogliq xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Buxgalteriya hisobining obyektlari jamlama schyotlarda aks ettiriladi.
Analitik hisobni yuritish tartibi buxgalteriya hisobi subyekti tomonidan
mustaqil ravishda belgilanadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling