U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet43/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

MAVZU BO‘LIMLARI YUZASIDAN
NAZORAT SAVOLLARI
1. Material deganda nimani tushunasiz?
2. Nomenklatura so‘ziga ta’rif bering.
3. Ishlab chiqarish zaxiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga
ko‘ra qanday guruhlarga bo‘linadi?
4. Ishlab chiqarish zaxiralarini baholash Buxgalteriya hisobining milliy qaysi
andozasiga asoslangan qiymatda hisobga olinishi lozim?
5. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy
zaxiralarning tannarxi o‘z ichiga yana qanday xarajatlarni oladi?
6. Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy
tannarxini aniqlash, ularni baholashning qanday usullarini bilasiz?
7. AVECO usulining mohiyati nimada?
8. LIFO usulini qo‘llash nima sababdan tavsiya etilmaydi?
9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga binoan ishlab chiqarish xara-
jatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxi FIFO usulida
aniqlanishi shart, nima uchun?
10. Materiallar kirimi qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?
11. Materiallarni omborga kirim qilish tartibi qanday?

61
12. Ombordan ishlab chiqarish uchastkalariga sarflash uchun materiallar


berilganda qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi?
13. Materiallar bo‘yicha analitik hisob qanday usullarda yuritiladi?
14. Materiallar bo‘yicha sintetik hisob buxgalteriyada qaysi registrlar yordamida
olib boriladi?
15. Buxgalteriya materiallar hisobini yuritishda qaysi schyotlardan foydalanadi?
16. Asosiy ishlab chiqarishga materiallar sarflash uchun berilganda qanday
buxgalteriya provodkasi beriladi?
17. Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol
yetkazib beruvchilarga QQS bilan birgalikda to‘laydi. QQSni budjetga kim to‘laydi?
18. Qo‘shilgan qiymat solig‘i qanday soliq, uning stavkasi qanday?
19. QQS qanday usullarda hisoblanadi?

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling