U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muomalalar mazmuni 65 IV BO‘lIM
t.r
Hujjat nomi Summa D-t K-t 45 Kirim orderi, Akkumulator ishlab chiqarish zavo- akt didan sex omboriga akkumulator keltirildi, 14 dona*42600 so‘m 46 Kirim orderi, Bazadan bo‘lim omboriga quyidagi akt materiallar olib kelindi: a) Rele 20 dona *14700so‘m b) Termos 30 dona*8250 so‘m 51 Yuk xati, limit Ombordan ishlab chiqarishga quyidagi zabor kartasi materiallar berildi: a) akkumulator 14*42600 b) rele 60*14700 c) termos 86*8250 Quyidagilarni bajarish talab etiladi: 1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing. 2. Sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha aylanma va qoldiqlarni aniqlang. Muomalalar mazmuni 65
ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 4.1. ASOSIY VOSITALARNING IQTISODIY MAZMUNI HAMDA ULARNING TURKUMLANISHI Asosiy vositalar – deb, o‘zining tabiiy ko‘rinishini uzoq muddat saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va ishlab chiqariladigan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini o‘tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga 1-yildan ortiq muddatda foydalanishda bo‘la- digan, natural ko‘rinishini o‘zgartirmay ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat foydalanishda bo‘ladigan mehnat vositalari kiradi. Obyektlarni asosiy vositalar qatoriga o‘tkazish tartibi va uning tarkibi 5-Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BXMS) asosida tartibga solinadi. Asosiy vositalar quyidagi tarmoqlar va faoliyat turlariga bo‘linadi: 1. Sanoat 2. Qishloq xo‘jaligi 3. Transport 4. Aloqa 5. Qurilish 6. Savdo va hokazolar Belgilangan tipli tasniflashga binoan asosiy vositalar turlari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: I. Yer va uni obodonlashtirish II. Binolar III. Inshootlar IV. Uzatuvchi moslamalar V. Mashina va asbob-uskunalar Shu jumladan: a) kuch mashinalari va asbob-uskunalar; b) ish mashinalari va asbob-uskunalar; d) o‘lchov va tartibga keltiruvchi priborlar, moslamalar, laboratoriya asbob-uskunalari; e) hisoblash texnikasi; 3 – Buxgalteriya hisobi 66
VI. Transport vositalari VII. Instrumentlar VIII. Ishlab chiqarish inventarlari va ashyolari IX. Xo‘jalik inventarlari X. Ish va mahsuldor hayvonlar XI. Ko‘p yillik o‘simliklar XII. Yer holatini yaxshilash bo‘yicha kapital sarflar (inshootlardan tashqari) XIII. Boshqa asosiy vositalar Yer amaldagi qonunchilikka binoan korxonaga mulki tarzida berilgan yer maydonidir. O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17- moddasiga binoan, «Yuridik shaxslar Yer kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish, ijaraga olish va mulk huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lishlari mumkin». Yerning qiymatiga uni xarid qilishda ko‘chmas mulk agentliklariga to‘lanadigan komission to‘lovlar, advokatlik xizmati uchun haq, xarid qilishdagi soliq to‘lovlari, drenaj qiymati, yerni tozalash va boshqa xarajatlar qo‘shiladi. Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling