U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash


Download 1.35 Mb.
bet56/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash. Kamayib
boruvchi qoldiq usuli aktivdan foydalanish muddatida amortizatsiya
summasining doimo kamayib borishini ifodalaydi. Ushbu usulda eskirish
me’yori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Odatda,
bu usulda amortizatsiya me’yori ikki hissa qilib olinadi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiyani hisoblash jadvali
Yillar
Balans
Yillik amortizatsiya
Jamg‘arilgan
Qoldiq
qiymati
summasi
amortizatsiya
qiymati
1-yil
50000
(40%%*50000)=20000
20000
30000
2-yil
50000
(40%%*30000)=12000
32000
18000
3-yil
50000
(40%%*18000)=7200
39200
10800
4-yil
50000
(40%%*10800)=4320
43520
6480
5-yil
50000
4480
48000
2000
Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash. Kumulyativ usul
(yillar yig‘indisi usuli)da har yilgi amortizatsiya me’yori amortizatsiya
muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning
bo‘lagi sifatida belgilanadi. Bo‘lak amortizatsiya hisobining tugagunicha
qolgan to‘liq yillar yig‘indisini amortizatsiya muddatini belgilaydigan
yillarning tartib soniga bo‘lib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga
mo‘ljallangan asosiy vositalar uchun yillik raqamlar yig‘indisi quyi-
dagicha bo‘ladi:
5+4+3+2+1=15 yil.

78
Kumulyativ usulda amortizatsiyani hisoblash jadvali


Yillar
Balans
Yillik amortizatsiya
Jamg‘arilgan
Qoldiq
qiymati
summasi
amortizatsiya
qiymati
1-yil
50000
(5/15*48000)=16000
16000
34000
2-yil
50000
(4/15*48000)=12800
28800
21200
3-yil
50000
(3/15*48000)=9600
38400
11600
4-yil
50000
(2/15*48000)=6400
44800
5200
5-yil
50000
(1/15*48000)=3200
48000
2000
Jadvallardan ko‘rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi
ikki usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida
hisoblangan amortizatsiya ajratmalari obyekt xizmat muddatining oxirida
hisoblangan amortizatsiya qiymatidan ortiq bo‘ladi. Ushbu usullar ishlab
chiqarishga taalluqli asosiy vositalarni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
Chunki mazkur vositalardan foydalanishning birinchi yillarida samara-
liroq foydalaniladi va ta’mirlashga xarajatlar unchalik ko‘p bo‘lmaydi.
Keyingi yillarda amortizatsiya xarajatlari kamayadi, ta’mirlash xarajatlari
esa odatda oshib boradi.
0200-«Asosiy vositalarning eskirishi» schyotining kreditida
obyektlarga hisoblangan eskirish summasi, debetida hisobdan chi-
qarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish summasi, debetida
hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositaga hisoblangan eskirish sum-
masining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun schyotlar
rejasida quyidagi schyotlar ochilgan:

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling