U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet53/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

To‘g‘ri chiziqli usul asosiy vositani foydali ishlatishning butun
davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan
iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha, muntazam hisoblab
yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish
usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat asosiy vosita qancha marta
ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kuti-
layotganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kumulyativ usulda amortizatsiya summasi hisoblash koeffit-
sientining maxraji bo‘lgan obyektning xizmat muddati yig‘indisi bilan
aniqlanadi. Bu koffitsientning suratida obyektning xizmat muddati
oxirigacha qoladigan yillar soni teskari tartibda ko‘rsatiladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish
lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin
bo‘lmasa, asosiy vositaning qoldiq qiymati nolga teng bo‘ladi.
To‘g‘ri chiziqli usulda amortizatsiyani hisoblash. To‘g‘ri chiziqli
usul deb tugatilgan qiymati ayrilgan asosiy vositalar obyekti qiymatini
davrlar bo‘yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash
usuliga aytiladi. Amortizatsiya summasi amortizatsiyalanayotgan
qiymatni (tugatish qiymati ayrilgan obyektning dastlabki qiymatini)
ko‘zda tutilgan foydalanish davrlari soniga bo‘lish yo‘li bilan topiladi:

74
Misol. «Imkoniyat» hissadorlik jamiyatida asosiy vositaga eskirish


hisoblash bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:
– asosiy vositaning balans qiymati – 50000 ming so‘m;
– tugatilish qiymati – 2000 ming so‘m;
– xizmat muddati – 5 yil.
Yillik amortizatsiya summasi = (50000–2000)/5= 9600 ming so‘m.
Amortizatsiyani to‘g‘ri chiziqli usulda hisoblash jadvali

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling