U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


Download 1.35 Mb.
bet69/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

Yillar
Balans
Yillik amortizatsiya
Jamg‘arilgan
Qoldiq
qiymati
summasi
amortizatsiya
qiymati
1-yil
2-yil
3-yil
4-yil
5-yil

95
V BO‘LIM


MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH
5.1. MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISHNING
ASOSIY VAZIFALARI
Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining
bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab
chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li
bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat.
Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor
ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda
xodimlar sonini o‘zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi,
korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat
va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
2. Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjat-
larda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
3. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri
taqsimlash.
4. Ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalga
oshirish.
5. Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat
olib borish.
Xodimlar bajaradigan ish turlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Ishchilar.
2. Xizmatchilar.
Xizmatchilar o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi: rahbarlar,
mutaxassislar va boshqalar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni
ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko‘rsatish
bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa
xodimlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbar-
lik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari,

96
bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va


boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa
iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan
xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish
ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kas-
sirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling