U jahldor emasdi, haqoratomuz soʼzlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qoʼyardi, kam gapirardi… Mashhur tarixchi V. V


Download 36.31 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi36.31 Kb.
#1622646
  1   2
Bog'liq
2-topshiriq tarix



Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Kompyuter injiniring ” fakulteti
O’zbekiston tarixi” fanidan bajargan


2 – T O P S H I R I G ’ I

Bajardi: Tuychiyev Javohir


T o s h k e n t 2 0 2 3
MAVZU: Jaloliddin Manguberdining jasorati - mustaqil O'zbekistonning yosh avlodiga yorqin misol

“Holbuki, Vatan himoyasida toblangan mard oʼgʼlonlarimiz oʼzining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuygʼusi bilan obroʼ-eʼtibor qozongan harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va oʼrnak namunasi boʼlishi mumkin”. (O’zbekiston Respublikasi ikkinchi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev)


Darhaqiqat, vatanparvarlik tuygʼusining kuchayuviga sabab boʼluvchi buyuk ajdodlarimiz, xususan, Jaloliddin Manguberdining jasoratlari asrlar oʼtsa hamki, oʼz qadr-qimmatini, ahamiyatini bugun kun nuqtai nazaridan qaraganda hech ham yoʼqotmagan, aksincha uning qahramonligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda yorqin namuna boʼlib hisoblanadi.
Tarixdan maʼlumki, Jaloliddin Manguberdining yaqin aʼyonlaridan biri boʼlgan, mashhur tarixchi Shihobiddin Muhammad an-Nasaviy vatanparvarlikning oʼlmas timsoli boʼlgan Jaloliddin Manguberdini shunday tasvirlagan edi: “…U bugʼdoyrang, oʼrta boʼyli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham soʼzlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, janglardagi qahramonliklarini eslab oʼtishning oʼzi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zoʼr sher edi, qoʼrqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botir edi.
U jahldor emasdi, haqoratomuz soʼzlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qoʼyardi, kam gapirardi…” Mashhur tarixchi V.V. Bartold Manguberdiga baho berar ekan, buni shunday ifoda etadi: “…Xorazmshoh Аlouddin Muhammad keyinchalik Jaloliddin koʼrsatgan va mumkin boʼlgan qarshilik harakatining uchqunini ham koʼrsata olmadi” deb yozgan edi.

1218 yilda Movarounnahrga kelgan Chingizxon elchilari Аlouddin tomonidan qabul qilindi. Ikki oʼrtada savdo shartnomasi tuzildi. Biroq Chingizxonning savdogarlar karvoni Oʼtrorga kelganda shu yerning noibi Inolxon ularni qatl etib, mol-dunyolarini tortib oladi. Аslini olganda, qatl etilganlar savdogarlar niqobidagi josuslar ekani ayon boʼlsa ham, aniq isbotlar yoʼqligi sabab, bu oʼta jiddiy siyosiy xatoga aylandi. Bu mudhish voqea oqibatda necha-necha minglab musulmonlarning halok boʼlishiga olib keldi…Gʼazablangan Chingizxon Inolxonni berishni talab qilib, Muhammad huzuriga ibn Kafraj Bugʼra ismli mashhur kishi boshchiligidagi elchilarini yuboradi.
Biroq Xorazmshoh Аlouddin Muhammad oʼgʼli Jaloliddin Manguberdining soʼziga kirmay, Inolxonni Chingizxonga bermaydi. Bu ham yetmaganiday, ibn Kafraj Bugʼra va uning yoʼldoshlarini qatl qilib yuboradi. Moʼgʼullar bosqini arafasida Xorazmshoh harbiy kengash chaqiradi. Unda atoqli davlat arbobi Shahobiddin Аbu Saʼd ibn Imron al-Xivaqiy Аlouddinga barcha lashkarlar bilan Chingizxonga qarshi chiqish kerak, degan taklifni oʼrtaga tashlaydi.
Manguberdi ham foydali maslahat beradi. Uning fikri boʼyicha, dushmanni Movarounnahrga kiritib, soʼng mahalliy yerni dushmanga nisbatan yaxshi bilganlikdan foydalanib, uni yakson etish koʼzda tutilardi. Biroq Аlouddin Muhammad bu takliflarni rad etib, barcha qoʼshinini shahar va qalʼalarga boʼlib, parchaladi. Oqibatda, Chingizxonda raqib kuchlarini bittama-bitta, osongina qirib tashlash imkoni tugʼildi va u buni uddaladi ham. Birinchi zarbani Chingizxon 1219 yilda Oʼtrorga berdi. Buning muhim sababi bor edi: Chingizxonnning oʼz hisob-kitobi boʼlgan Inolxon bu shaharning noibi edi. Oʼtror besh oy qamal qilinib, Inolxonning odami Hojib Qoracha xoinligi sabab, ishgʼol qilinadi. Inolxonni Chingizxon huzuriga olib kelishadi.
Soʼng esa, Inolxonning koʼzlari va quloqlariga kumush erittirib, quyishadi Vaziyatning qulayligidan va sarosimaga tushgan, yon-atrofidagi aʼyonlariga shubha bilan qaraydigan boʼlib qolgan Аlouddin Muhammadning abgor ahvolidan foydalangan Chingizxon Movarounnahrning dastlab eng yirik shaharlarini bosib ola boshladi, shundan soʼng, kuchsizroq viloyatlarini osonlik bilan zabt etadi. Tarixda misli koʼrilmagan qatliomlar roʼy beradi, musulmonlar qoni daryo boʼlib oqadi. Tarixchilar aytganidek, “bunda taslim boʼlganlar ham, qarshilik koʼrsatganlar ham omon qolmadilar”. Vaziyat shu darajaga yetib keldiki, Balxdan Tusga arang qochgan Аlouddin Muhammad Xorazmshoh Davlatobod yaqinida boʼlib oʼtgan jangda zoʼrgʼa jonini qutqarib qoldi. Izma-iz quvib kelayotgan dahshatli taʼqibdan jonsarak boʼlib qolgan Muhammad Sulton Hazar(hozirgi Kaspiy) dengizining janubi-sharq qismidagi Аbiskin orollaridan biriga yashirindi.
U yerda xastalanib, qashshoqlik va xor-zorlikda 1220 yili vafot etdi. Eng fojealisi, bir vaqtlar olamni larzaga keltirgan, qudratli imperiyaning hukmdori, behisob boyliklar egasi Аlouddin Muhammadga hatto arzirli bir joy va hatto kafanlik ham topilmadi. Uning mulozimlaridan biri oʼz koʼylagini yirtib, kafanlik qilib oʼraydi Sulton Аlouddin Muhammad oʼlimidan bir necha kun oldin oʼgʼillari Jaloliddin, Oqshoh va Oʼzloqshohni huzuriga chorlab, “Manguberdidan boshqa oʼchimni oladigan, bu harakatni toʼxtatadigan oʼgʼlim yoʼq. Uni voris etib tayinlayman. Unga itoat etingiz” deydi va qilichini oʼz qoʼli bilan katta oʼgʼlining beliga bogʼlaydi. Xullas, Jaloliddin Manguberdi eng mushkul, tahlikali vaziyatda oʼzi yoʼgʼ-u nomigina bor davlatning sultoniga aylandi.Togʼ bagʼrida gurjilar xuddi zulmat singari yoyilib, Xorazmshohni kutib turardilar. Ularning Sultonni koʼrgan zahoti qilgan birinchi qiliqlari-osmonni teshib yuborguday qichqirishlari boʼldi. Ikki tomon orasida shiddatli jang boʼlib oʼtdi. Oqibat shu boʼldiki, gurjilar magʼlub boʼlib, Xorazm qoʼshinidan arang qochib qutuldilar. Mavqeidan moʼgʼullar ham hayiqib qolgan Manguberdi 1227 yilning sentyabrida asosiy dushman bilan toʼqnashdi. Jang ayovsiz kechadi.
Unda, ayniqsa, moʼgʼullar koʼp talafot koʼradilar. Biroq jangning eng qizgʼin pallasida Jaloliddinning ukasi Gʼiyosiddin Pirshoh unga xoinlik qilib, qoʼshinlari bilan qochib ketadi. Lekin shunda ham Jaloliddin zafar qozonadi, moʼgʼullar talafot koʼrib, qochishga tushadilar. Moʼgʼul lashkarboshilaridan biri Taynal noʼyon Jaloliddinning bu jangdagi jasoratini koʼrib, shunday degan ekan: “Haqiqatan ham u oʼz davrining bahodiri va tengqurlarining dohiysidir! ” Jaloliddin Manguberdining Vatani, millati va dinining gʼururini barcha narsadan ustun qoʼyishini tarixchilarning ushbu qaydlaridan ham bilsa boʼladi.…Hirotni qamal qilish paytida Jaloliddin singlisi Xonsultondan xat oladi, u taqdir taqozosi bilan Chingizxonning oʼgʼli Joʼchining xotini boʼlgan edi. Maktubda shunday deyilgandi: “Sening qudrating, kuching va mulklaringning ulkanligi haqidagi xabar Xoqonga yetdi.

Ulugʼvor niyatlarga kor qilmas ajal, Kim yurtdan yov quvsa – mendurman oʼshal Oʼzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʼgʼul bosqinchilariga qarshi kurashda koʼrsatgan mislsiz jasorati, vatanga va oʼz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida” Qaror qabul qildi (1998).
Qarorga koʼra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʼrnatildi, yirik koʼcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʼyildi. Jaloliddin Manguberdining harbiy yurishlarida hamroh boʼlgan tarixchi Nasaviy Jaloliddin Manguberdiga bagʼishlab “Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining holati”) nomli asar, Maqsud Shayhzoda esa “Jaloliddin” (1943-yil) dramasini yozgan. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilьm, doston, pʼesa va boshqalar yaratilgan. 2000-yilning 30-avgustida “Jaloliddin Manguberdi” ordeni taʼsis etilgan. Xulosa qilib shuni aytib oʼtish kerakki, tarix vatanparvarlik tuyђusini shakllantirishdagi eng buyuk qurollardan biridir.
Oʼtmishda Ona Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor turgan Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi kabi tarixiy shaxslar, qahramonlar boʼlganligining oʼzi ham bizlarda kelajakka ishonch ruhini mustahkamlaydi. Аlbatta, Vatan ravnaqi uchun bor bilimi, kuchi, salohiyatini sarflash Oʼzbekiston Respublikasi barcha fuqarolarining, ayniqsa yoshlarning muqaddas burchiga aylanmogʼi darkor. Zero har birimizning baxtimiz, kelajagimiz Vatan ravnaqi bilan chambarchas bogʼliq.







S
1.Davlat 7 ta vazirlik tomonidan boshqarilgan
2. Amir Temur davlat mustaqilligi va muhofaza yo‘lidagi ichki va tashqi siyosatida asosan qo‘shinga suyanar edi.
3. Amir Temur davlat boshqaruvida suyurgʻol siyosatini qoʻlladi, davlatni markazdan turib idora etdi.
4. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi
5. Ulugʻbek otasining roziligi bilan 1425- yilning erta bahorida Moʻgʻuliston ustiga yurish boshladi. Issiqkoʻl yaqinida sodir boʻlgan toʻqnashuvda Ulugʻbek moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonib, katta oʻlja bilan Samarqandga qaytadi.

W

  1. Amir Temur vafotidan soʻng imperiyaning parchalanishi

  2. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari Temuriylar qoʻlidan ketdi.

  3. 1447-yilda Xuroson va Movarounnahrda shahzodalar oʻrtasida toju taxt uchun kurash yana avjga minib, mamlakatni beqarorlik chulgʻab oladi

  4. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449- yil 27- oktabrda 55 yoshida Samarqand yaqinida fojiali suratda shahid boʻladi.




O
1.U zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda koʻp hunarmandlar, san'at ahllari va olimlarni Movarounnahrga olib keladi
2.Amir Temur imperiyasida oʻz davrining mukammal aloqa tizimi faoliyat yuritgan. Ushbu tizim yordamida poytaxt – Samarqandga imperiyaning turli burchaklaridan qisqa muddatda ma’lumotlar oliy hukmdorga yetkazilgan.
3.Temur va temuriylar davrida oʻlkamizda fan va madaniyat barq urib oʻsdi, rivojlandi va kamol topdi

T

  1. XV asrning 90- yillarida Temuriylarning oʻzaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Dashti Qipchoqning janubiy qismini, jumladan, Oʻtror, Sabron, Yassi (Turkiston) va boshqa shaharlarni ishgʻol qiladi

  2. Amir Temurning vafotidan soʻng vorislar oʻrtasida toju taxt talashuvi boshlanadi(tinchlikka tahdid)





3. Darslik matni, ma'ruza va taqdimot materiallaridan foydalanib, "Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyo hududini bosib olishining salbiy va ijobiy oqibatlari" jadvalini to'ldiring. Bunda:

Download 36.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling