U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi


DaM oLish DaqiqaLari UChUn naMUnaLar


Download 2.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/90
Sana21.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1714337
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
ona tili 1 metodika

DaM oLish DaqiqaLari UChUn naMUnaLar


112
Sekingina tushirdik.
endi ehtiyot bo‘lib
Joyimizda o‘tirdik.
12. dikir-dikir sakraydi
Uzun quloq quyoncha.
mahkam ushlab qornida
Sabzisini quyoncha.
13. ko‘kda qanotin qoqqan,
qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
bahor faslin chorlagan,
qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
osmonlarda sayragan,
qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
yaxshilikni tilagan,
qaldirg‘ochim, qaldirg‘och.
o‘quvchilar uchun ona tili fanidan mustaqil ish topshiriqlari
o‘quvchilarda o‘quv-biluv ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda ona tili 
fanidan amaliy faoliyatga yo‘llovchi mustaqil ishlar katta rol o‘ynaydi. 
o‘quvchilarning mustaqil ishlari – bu o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, 
lekin belgilangan vaqtda uning topshirig‘i asosida bajariladigan ishlardir. 
mustaqil ishlash metodlari o‘qitishning ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va 
rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishga yordam beradi. 
ta’limiy jihatdan bu metodlar nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalarni mustaqil 
egallashga, ularni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga yordam 
beradi. 
tarbiyaviy ma’noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, mas’uliyat-
lilik kabi xislatlarini tarbiyalaydi. 
mustaqil ishlarni bajarish uchun o‘quvchilar uchun sharoit, imkoniyat 
bo‘lishi lozim, ya’ni darslik, ma’lumotnomalar bilan ishlash ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish; o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini hosil qilish
mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajargan o‘quvchilarni rag‘batlantirish, qiziq-
tirish va tanqidiy baholash; mustaqil ishlarni tashkil etishda differensial hamda 
individual yondashish kabi. o‘quvchilar ko‘magida mustaqil tayyorlangan 
didaktik materiallardan ham foydalanish o‘rinlidir. 
ona tili darslarida o‘quvchilar tomonidan quyidagi mustaqil ishlar bajarilishi 
mumkin: 
1. darslikdagi mavzu matnini o‘rganish. 
2. berilgan mavzuga oid mashqlarni bajarish. 
3. test topshiriqlarini mustaqil bajarish. 
4. Jadvallar va sxemalar bilan ishlash. 
5. mavzuga oid tarqatma materiallar ustida ishlash. 


113
6. ona tili fanidan boshqotirmalar, topishmoqlar, krossvord va boshqa turli 
individual vazifalarni bajarish. 
7. yozma ishlar yozish. 
odatda, topshiriqlar oddiydan murakkabga qarab tuziladi va har bir topshiriq 
ma’lum bir didaktik maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 
o‘qituvchi dars boshlanishi bilan bilimga qiziqish paydo bo‘lishi muhim-
ligini e’tiborga olgan holda metodikaning turli usullarini qo‘llaydi. Ularning 
eng muhimlari 3 ta holatga tegishli: birinchidan, o‘quvchilar diqqatini dars 
maqsadi va vazifalariga qaratish; ikkinchidan, takrorlanayotgan va yangi dan 
o‘rganilayotgan material mazmuniga qiziqish uyg‘otish; uchinchidan, o‘quvchi-
larning ular uchun qiziqarli bo‘lgan ish shakliga kirishishini ta’minlash. 
o‘quvchilarning yangi materialni faol idrok qilishlari uchun ona tili 
yuzasidan turli muammoli vaziyatlar yuzaga keltiriladi. 
o‘tilgan materialni takrorlash ham bilimga qiziqish paydo qilishga va olingan 
bilimning mustahkamlanishiga asos bo‘lishi hamda o‘rganilayotgan materialning 
eng muhimiga diqqatni jalb qilishi mumkin. 
o‘qituvchi darslarda yangi material o‘rganilganidan so‘ng yoki o‘rganish 
jarayonida darslik bilan ishlashga doir topshiriqlar beradi. mustaqil ishlashga 
dars davomida faqat mashqlar beriladi. buning o‘zigina yetarli emas. qo‘shimcha 
topshiriqlar ham ishlab chiqish lozim. 
o‘quvchilar mustaqil ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida o‘qi-
tuv chi o‘quv jarayonida ularga darslikdan samarali foydalanish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar beradi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling