Yangi tahrirda ishlab chiqilgan qonun loyihasida boblar soni 5 tadan 12 taga va moddalar soni 34 tadan 70 taga etkazilgan.
Loyihada boblar va moddalar mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan. qonunning 33 ta moddasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, mazmunan to'ldirilgan hamda ilg`or horijiy davlatlarning tajribalarini inobatga olgan holda 36 ta yangi modda kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g`risida”gi 2018 yil 5 sentyabrdagi PQ3931-son qaroriga muvofiq, umumiy o'rta ta'limga qo'yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish to'g`risidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining umumiy o'rta ta'lim to'g`risida Nizomi tasdiqlangan.
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni (keyingi o'rinlarda - umumta'lim muassasasi) tashkil etish va ularning faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari barcha umumta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari bundan bundan mustasno.
Umumiy o'rta ta'limning muddati 11 yil bo'lib, uzluksiz ta'lim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g`risida"gi qonuniga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Umumta'lim muassasalari o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek o'z ustavlariga amal qiladi.
Umumta'lim muassasasi yuridik shahs hisoblanadi va o'z ustaviga, mustaqil balansiga, shahsiy g`azna hisobvaraqlariga (davlat ta'lim muassasalari uchun), bank hisob raqamlariga, o'z nomi ko'rsatilgan muhrga (davlat umumta'lim muassasalarining muhrida O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega bo'ladi.
Umumta'lim muassasasining ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanadi va mahalliy davlat hokimiyati organida davlat ro'yhatidan o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |