U. Nazarov 2022-yil 20-oktabr Romitan tuman 1-son kasb-hunar maktabining yig‘ilish bayonnomasi son


Download 29.44 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi29.44 Kb.
#1126006
  1   2
Bog'liq
20.10.22 кҳм баёни (2)


Tasdiqlayman”
Romitan tuman 1-son kasb-hunar
maktabi direktori:
_____________________ U.Nazarov
2022-yil 20-oktabr
Romitan tuman 1-son kasb-hunar maktabining yig‘ilish
BAYONNOMASI _____-son


2022-yil 20-oktabr Romitan tuman


Raislik kiluvchi: U.Nazarov – kasb-hunar maktabi direktori
Yig‘ilish kotibi: D.Qosimova- xodimlar bo‘yicha inspektori
Qatnashdilar: Romitan 1-son kasb-hunar maktabi rahbarlari
hamda pedagog-xodimlari.
KUN TARTIBI:


1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkarnasining "O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mахsus ta'lim vazirligi huzuridagi O'quv ustaxonalari, texnik reglatnentlar va metrologik nazorat xizmati faoliyatini tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tаdbirlаr to'g'risida" 202l-yil 26-fevraldagi 105-sonli qаrоridа belgilangan vazilalarning ijrosini ta'minlash hamda O'quv ustaxonalari, texnik reglatnetlar va metrologik паzоrаt xizmatlarining 2022-yil II-yarim yillik ish rejasiga muvofiq professional ta'lim muassasalarining o'quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna, texnika, sarflanadigan хоm ashyo va materiallardan samarali foydalanish holatlarini o’rganish, shuningdek, o’quv amaliyotlarini tashkil etish, kasbiy tayyorgarlik holatini tahlil qilish va ta’lim muassasalariga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish maqsadida ishchi guruh tomonidan o’rganish natijalari to’g’risida.
_____________________________________________________________________________
Yig’ilishni kasb-hunar maktabi direktori U.Nazarov ochib, kun tartibidagi masala bo’yicha yig'ilish ishtirokchilariga bayon qildi.
2022-yil oktyabr kuni O‘quv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmatining 2022-yil 22-sentyabrdagi 30/S-son buyrug‘iga asosan Romitan tuman 1-son kasb-hunar maktabida o‘quv jarayonida jihoz, asbob-uskuna va transport vositalaridan samarali foydalanish, metrologik talablarga amal qilinishi hamda kasbiy tayyorgarlik ishlari holati o‘rganildi
Maktab direktori U.Nazarov o'z so'zini davom ettirib, o'rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarga birmа bir to'xtalib o'tdi:


- kasb-hunar maktabida o‘quv amaliyotlaridan o‘qitish materiallari to‘plamlari Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining “Professional ta'lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentyabrdagi 465-son buyrug‘i talablari asosida to‘liq va sifatli ishlab chiqilmagan.
Jumladan, “Kompyuter tarmoqlari” o‘quv amaliyoti (Z.Boboqulova) o‘quv amaliyotlaridan o‘qitish materiallari to‘plamlarini umuman ishlab chiqmagan.
- kasb-hunar maktabida“Avtomobil tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash” (F.Hojiyev va Z.Akramova), “Avtomobil tuzilishi” (J.Razzoqov), “Chilangarlik ishlari”(H.Azimov,N.Jo‘rayev)“Asalarichilik ishlari” (D.Atoyeva) “Qishloq xo‘jaligi mashinalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish” (S.Nazarov) o‘quv amaliyotlarining ishchi o‘quv dasturlarida amaliyot natijalari, o‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazishda zarur bo‘ladigan jihozlar hamda xom ashyo va materiallar ro‘yxati, amaliyot natijalarini nazorat qilish va baholash shakllari hamda usullari keltirilmagan.
- “Avtomobil tuzilishi va ularga servis xizmat kursatish” o‘quv amaliyoti (F.Xojiyev) ishchi dasturini yaratishda ish beruvchi korxona tashkilotlarning mutaxassislari, oliy ta'lim muassasalarining professor o‘qituvchilaridan taqrizlar olmagan aksincha ta'lim muassasada ishlab kelayotgan yosh tajribasiz ishlab chiqarish ta'limi ustasidan olingan.
- xom ashyo va materiallarni sotib olish, ulardan o‘quv jarayonida foydalanish hamda hisobdan chiqarishda bir qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Masalan,Ta'lim muassasaga olib kelingan xom ashyo materiallari omborxonaga kirim qilish kitobi yutirilmagan. Ishlatilgan xom ashyo materiallarini hisobdan chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmagan. Ya'ni qaydnoma, bildirgilar raxbarlarga kiritilmagan.
- “Sartarosh (modelyer)” kasbi uchun xom ashyo materiallari xarid qilish choralari ko‘rilmagan. “Tikuvchi” kasbi bo‘yicha o‘quv amaliyotini o‘tadigan ishlab chiqarish ta'limi ustasi D.Jo‘rayeva2-bosqich 09-21 guruhidagi “Bolalar kiyimini tikish” o‘quv amaliyotidan “O‘g‘il bolalar sorochkasini tikish”mavzusi bo‘yicha xom-ashyoga talabnoma tayyorlamagan.. Avval olinganxom ashyo materiallarini tarqatish qaydnomasida o‘quv jarayonida ishtirok etmaganlarga xam imzo qo‘ydirib rasmiylashtirgan.
-“Chilangarlik ishi”o‘quv amaliyoti (J.Razzoqov, D.To‘ymurodov, N.Jo‘rayev) amaliy mashg‘ulotlar uchun xom ashyo materiallarini omborxonadan olmagan va foydalanmagan mashg‘ulotni nazariy tarzda shakllantirgan.


O‘quv amaliyotlari o‘tkazilishi holati o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi:
-o‘quv ustaxonalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni sifatli o‘tkazish uchun ustaxona va o‘quv-amaliyot xonalaridaish o‘rinlarini talablar darajasida tashkil etish masalasiga jiddiy e'tibor berilmagan.
Xususan, “Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxonasida ish o‘rinlari tayyorlangan bo‘lib,ustaxonada mavjud jihozlarning 3 tasi (“Hunday” rusumli avtomobil maketi, “Neksiya” rusumli avtomobil elektr stenti,boshqa elektr stetlar) nosoz holatda bo‘lib ta'lim jarayonida foydalinish choralari ko‘rilmagan.
-“Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish” ustaxonasida (F.Hojiyev) 2ta avtomobil dvigateli mavjud, lekin ulardan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda foydalanmagan, ish o‘rni tashkil etmagan, dvigatelni qismlarga ajratish va yig‘ish uchun zarur asbob-anjom (instrument)lar mavjud bo‘lib, amaliyot rahbari tomonidan samarali foydalanilmagan. (Ya'ni ta'lim muassasada 4 to‘plamda klyuch, temir ish stollari va boshqa). Bundan tashqari, ishlab chiqarish talimi ustasi F.Xojiyev ushbu amaliyotning “Gaz taqsimlash mexanizmlari va ularga servis xizmat ko‘rsatish” mavzusini asosiy o‘quv binosida o‘tkazmoqda. O‘quvchilar texnika xavfsizligi bilan tanishtirilmagan, yo‘qlama qilinmagan, yangi mavzu bajarib ko‘rsatilmagan, yo‘riqli xaritalar tarqatilmagan, o‘quvchilar tomonidan mashg‘ulotlar bajarilmayapti.
-“Tikuvchilik ishi”, “Chilangarlik ishi” ustaxonasida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi burchaklari mavjud emas.
-“Chilangarlik ishi”, "Tikuvchilik ishi" "Avtomobillarga texnik izmat ko‘rsatish" ustaxonalaridao‘quvchilar jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur tibbiy vositalar va dori-darmonlar bilan ta'minlanmagan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish burchagi tashkil etilmagan.
-“Tikuvchilik ishi” o‘quv amaliyoti (D.Jo‘rayeva, R.Mansurova)tikuv mashinalari tabiiy yoriqlik tushishishga teskari xolatda joylashtirgan. Jihozlar oraliq masofada joylashuviga e'tibor qaratmagan. Ustaxona 108 kv mertni tashkil etsada, o‘quvchilar ishlashi uchun qulay sharoit yaratmagan. Ya'ni tikuv mashinalari ustaxonaning 28 kv metriga joylashtirilgan. O‘quvchilar uchun ustaxonada kiyim almashtirish, qo‘l yuvish uchun sharoitlar mavjud emas.
-“Chilangarlik ishi”o‘quv amaliyoti (J.Razzoqov, D.To‘ymurodov, N.Jo‘rayev, H.Azimov) ustaxonadagi ish qurollari soni, ishlatish tartibi va usullari bo‘yicha umuman bilmaydi.
-“Qishloq xo‘jaligi mashinalari va uskunalarini ishlatish va texnik xizmat ko‘rsatish” va “Traktorlar va qishloq xo‘jaligi agregatlariga texnik xizmat ko‘rsatish”o‘quv amaliyotilari (F.Ashurov, S.Nazarov)ta'lim muassasasidagi mavjud agregatlardan umuman foydalanmagan bo‘lib, mustaqil bajarishni bilmaydi.
-2-bosqich 12-21 guruhi“Kompyuter tarmoqlari administratorlash” o‘quv amaliyot rahbari Z.Boboqulova“Turli qatlamli protokollarning ishlash tamoyillari” mavzusida o‘quvchilarga mavzuni amaliy bajarib ko‘rsatimagan va o‘quvchilar xam bajarmadi. Xonada 10 ta kompyuterdan 4 tasi nosoz xolatda bo‘lib ishchi xolatga keltirish choralari ko‘rilmagan. Mashg‘ulot uchun 2 ta proyektor bo‘lsada foydalanmaydi.
-Amaliyot o‘tagan 185 nafar o‘quvchilardan 5 nafari kundaliklarni topshirmagan, 11 nafar o‘quvchilar amaliyot hisobotlarini to‘ldirmagan, 14 nafar o‘quvchilarga yakuniy baxolar qo‘yilmagan. 21 nafar o‘quvchilar ta'lim muassasa va korxonadan biriktirilgan amaliyot raxbarlari imzolari yo‘q. Guruhlarning o‘quv mashg‘ulotlari jurnalida o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlari yakuni bo‘yicha baholari qayd etilgan.
-Ta'lim muassasada “Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofis jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish” o‘quv amaliyotlari raxbarlar tomonidan umuman taxlil qilinmagan.
-“Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish o‘quv ustaxona Koreya loyixasida jihozlangan, (“Hunday” rusumli avtomobil maketi, “Neksiya” rusumli avtomobil elektr stenti, boshqa elektr stetlar) jihozlar nosoz xolatda bo‘lib foydalanish choralarini ko‘rilmagan.
Ta'lim muassasasi viloyat IIB JXX YHXBdan ro‘yxatdan o‘tmagan.
Hozirda “B” yoki “BC” toifali avtomobil haydovchisi kvalifikatsiyasi berilishi nazarda tutilgan 5ta kasbda jami 241 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda. Ular viloyat IIB JXD YHXBdan ro‘yxatdan o‘tmagan.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yuqorida bildirilgan kachiliklar vа e'tirozlarni inobatga olib yig’ilish



Download 29.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling