U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

O‘zaro birgalikda bloklash 
Kompyuter tizimlarida vaqtning har bir onida faqat bitta 
jarayonda foydalanish mumkin bo‘lgan resurlar mavjud. Misol sifatida 
printerlarni magnitli lenta tarqatgichlar va tizimning ichki jadval 
elementlarini keltirish mumkin. Printerga bir vaqtning o‘zida 
ma’lumot uzatadigan ikkita jarayon mavjud, belgilar to‘plamini chop 
etishga berish mantiqsiz. Bitta va shu fayl tizimi jadval elementidan 
foydalanadigan ikkita jarayon mavjud bo‘lishi fayl tuzilishini barbod 
bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli barcha operatsion tizimlar dasturi 
va apparat resurslariga ohirgi chora sifatida vaqtinchalik kirishni 
jarayonlarga taqdim etishi mumkin.


171 
Amaliy jarayon ko‘pincha bir emas bir necha resurslarga kira 
olishi zarur. Faraz qilamiz, masalan ikkala jarayonning har biri 
kompakt – diskdan hujjat nusxasini yozib olishni istashi mumkin. A 
jarayon skanerdan foydalanishga ruhsat so‘raydi va uni oladi. B 
jarayon boshqa dastur bilan dasturlanganligi sababli dastlab kompakt 
diskga yozish uchun qurilmaga murojaat qiladi. So‘ng A jarayon 
kompakt diskga yozish uchun qurilmaga murojaat qiladi, lekin bu 
qurilma B jarayon bilan band qilinganligi sababli so‘rovga rad javobi 
beriladi. Afsuski, kompakt – diskga yozish uchun qurilmani ozod 
qilishda B skanerdan so‘raydi. Jarayonlar bloklanganligini ko‘rsatadi. 
Bunday holat o‘zaro birgalikda bloklash yoki berklik deyiladi.
Resurslar 
Tizim jarayon qurilma, fayl va boshqalarga kirish qoidalarini 
taqdim etganda o‘zaro birgalikda bloklashni ko‘rishimiz mumkin. 
O‘zaro birgalikda bloklash to‘g‘risida umumiy bir xulosaga kelib 
obyektga kirishni resurs deb atashimiz mumkin. Resurs qurilma 
(masalan, magnitli tasmali tarqatgich) yoki axborot bir qismi 
(ma’lumotlar omborida berkitilgan yozuv) bo‘lishi mumkin. 
Kompyuterda murojaat qilish mumkin bo‘lgan turli hajmli resurslar 
mavjud. Bundan tashqari tizimda biron bir resursning bir nechta 
nusxalarini ko‘rishimiz mumkin. Agar tizimda bir xil deb ataladigan 
bir nechta o‘zaro almashadigan resurs nusxalarini bor, unda 
resurslarga murojaat qilishga javob nusxalardan kirishga ruhsat etilgan 
istalgan birini taqdim etishi mumkin. Resurs – vaqtning istalgan onida 
faqat bitta jarayondan foydalanish qoidasi.
Resurslar ikki xil bo‘ladi: yuklanadigan va yuklanmaydigan
Yuklanadigan resurs jarayonning egasidan olish zararsiz. Bunday 
resurslarga xotirani kiritish mumkin. Masalan, foydalanuvchi xotirasi 
64 Mbayt li tizimga bitta printer va har biri nimanidir chop etishni 
istayotgan 64 Kbaytli ikkita jarayon bor. A jarayon so‘raydi va 
printerni oladi, so‘ng chop etish uchun ma’lumotlarni hisoblashni 
boshlaydi. Yana hisoblashni tugamasdan, o‘zining kvant vaqtini 
oshiradi va o‘rin almashtirish maydonida diskga yuklaydi. 
Shundan so‘ng B jarayon ishlaydi va bekordan bekorga printerga 
murojaat qilishga harakat qiladi. Natijada berklikli vaziyatga tushib 
qolinadi, A jarayon printerni egallab olganligi sababli, B jarayon 
xotirani band qiladi va ulardan hech biri resursiz o‘z ishini davom 


172 
ettira olmaydi. B jarayonni xotiraga yuklash ta’qiqlanmagan, uni o‘rin 
almashtirish maydonida xotiraga o‘tkaziladi va A jarayonni xotiradan 
diskga yuklanadi. Shundan so‘ng A jarayon hisoblashni yakunlashi
chop etishni bajarishi va so‘ng printerni bo‘shatishi mumkin. O‘zaro 
birgalikda bloklanish sodir bo‘lmaydi.
Yuklanmaydigan resurs – hisoblash natijasida yo‘q qilib 
bo‘lmaydigan joriy egasidan olib bo‘lmaydigan resurs. Agar kompakt 
– diskga yozish vaqtida yozish uchun qurilmadan jarayonni to‘satdan 
tortib olsa va uni boshqa jarayonga uzatsa, unda kompakt – disk 
ishdan chiqish natijasini olamiz. Kompakt diskni yozish uchun 
qurilma vaqtinchalik resurs ixtiyoriy vaqtda yuklanmaydi. 
O‘zaro birgalikda bloklash yuklanmaydigan resurs hisoblanadi. 
Berklikli holatda, ya’ni resurs ko‘rinishiga qarama-qarshi bo‘lganda, 
odatda bir jarayondan boshqasiga resurslarni taqsimlashga ruhsat 
beradi. Shu sababli biz e’tiborimizni yuklanmaydigan resurslarga 
qaratamiz.
Resursdan foydalanish uchun zarur hodisalar ketma-ketligi 
mavhum ko‘rinishi quyidagi shaklda tasvirlanadi:
 Resursni so‘rash; 
 Resursdan foydalanish; 
 Resursga qaytish. 
Agar resurs ruhsat etilmagan bo‘lsa, uning jarayoni so‘rovni 
kutadi. Ba’zi operatsion tizimlarda avtomatik bloklaydigan jarayon 
resursiga murojaat muvaffaqiyatsiz bo‘lsa va shundan so‘ng qayta 
yangilansa resurs kirishga ruhsat etilgan bo‘lib qoladi. Boshqa 
tizimlarda resurs so‘rovi va rad etishda xatolik kodiga murojaat etilsa, 
unda chaqiriluvchi jarayon biroz kutib turishi va harakatni takroran 
bajarishi mumkin.

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling