U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalqa topologiyasi
Yulduz topologiyasi
Ba’zan konsentrator yoki markazlashtirilgan topologiya deb nomlanadigan yulduz topologiyasida 6.2- rasmda ko‘rsatilganidek, jo‘natuvchidan qabul qiluv-chiga o‘tish paytida barcha uzatiladigan ma’lumotlar markaziy boshqaruvchidan o‘tishi kerak bo‘lgan a’nanaviy yondashuvdir, chunki unda bitta markaziy kompyuterga qolgan barcha kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi. Yulduz turidagi topologiyalarning umumiy kamchiligi, boshqa topologiyalarga qaraganda juda ko‘p kabel sarflanishi hisoblanadi. Bu esa butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yana bir kamchiligi sifatida markaziy tugunning ishdan chiqishi butun tarmoqning ishini to‘xtatib qo‘yadi. Topologiyaning bu ko‘rinishi yuqori samarodorligi, tarmoqning to‘g‘ri loyihalashtirilganligi va shikastlangan joylarning oson aniqlashligi bilan ajralib turadi. 212 6.2- rasm. Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoq Xalqa topologiyasi Xalqa topologiyasi har bir punktga faqat ikkita liniyalar birlashtirilgan tapmoqni tavsiflaydi. Xalqa topologiyasi optik kabel yordamida lokal kompyuter tapmoqlari, transport tarmoqlari va abonent kirish tarmoqlarida keng qo‘llaniladi. Xalqa topologiyasida qurilma o‘z qo‘shnisiga ikkita vosita orqali ulanadi. Ma’lumotlar paketi to‘qnash kelmasligi uchun qurilmadan- qurilmaga bir yo‘nalishda uzatiladi. Har bir qurilma ma’lumotlar uzatish uchun o‘z navbatini kutadi. Tizimdagi barcha qurilmalardan istalgan birining rad etilishi chiqishda muammolar keltirib chiqaradi va shikastlangan joyni topish qiyin. 6.3- rasm. Xalqa topologiyasi asosida qurilgan tarmoq Xalqa topologiyada aloqa liniyalari orqali har bir kompyuter faqat ikkita boshqalari bilan bog‘lanadi: Faqat u biridan axborot oladi, 213 ikkinchisiga esa – faqat uzatadi. Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi ishlaydi. Bu narsa tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi. Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdagi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak. Ikki qavat xalqa oraliq punktlar o‘rtasida fizik ulanishni juftliklari bilan tashkil qilinadi, bunda axborot oqimi ikki yo‘nalishda yo‘naltiriladi, ulardan biri asosiy, boshqasi esa –zahira bo‘ladi. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling