U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

Daraxt topologiyasi 
Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining 
kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol 
kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir 
yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil 
etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan 
tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz 
deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan. 
Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv 
bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida 
ishlatiladi, passiv daraxtlar esa kommutatorlarda ishlatiladi. 
Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi 
qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni 
yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani 
uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning 
eng samarali usuli hisoblanadi.


214 
6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq 
6.3. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi 
Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi 
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha 
toifalanishi mumkin. 
Tarmoq hajmi bo‘yicha: 
 Lokal tarmoqlar (Local Area Network, LAN) – tarmoq binosi 
yoki tashkilot; 
 Hududiy tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN) – 
shahar va milliy darajadagi tarmoq; 
 Global tarmoq (Wide Area Network, WAN) – o‘n minglab va 
yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta hududlarni 
qamrab olgan tarmoq; 
Kommutatsiya turi bo‘yicha: 
 
Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq 
(masalan, 
TCP/IP, 
IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i); 
 
Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G mobil 
aloqa tarmog‘i, UfTT); 
 
Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa 
tarmog‘i). 
Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha: 
 
Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay
ATM tarmog‘i UfTT); 
 
Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP, 
IPX/SPX); 
 
Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha. 
Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi 
Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal 
qilish kerak: 
 Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini 
qanday topadi? 
 Marshrutlash strategiyalari. Xabarlar tarmoq orqali qanday 
yuboriladi? 
 Ulanish strategiyalari. Qanday qilib ikkita jarayon xabar 
almashadi? 


215 
 Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish 
bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi? 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling