214
6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq
6.3. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi
Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi
Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha
toifalanishi mumkin.
Tarmoq hajmi bo‘yicha:
Lokal tarmoqlar (
Local Area Network, LAN) – tarmoq binosi
yoki tashkilot;
Hududiy tarmoq (
Metropolitan Area Network, MAN) –
shahar va milliy darajadagi tarmoq;
Global tarmoq (
Wide Area Network, WAN) – o‘n minglab va
yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta hududlarni
qamrab olgan tarmoq;
Kommutatsiya turi bo‘yicha:
Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq
(masalan,
TCP/IP,
IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i);
Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G
mobil
aloqa tarmog‘i, UfTT);
Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa
tarmog‘i).
Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha:
Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25,
Frame Relay,
ATM tarmog‘i UfTT);
Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP,
IPX/SPX);
Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha.
Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi
Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal
qilish kerak:
Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini
qanday topadi?
Marshrutlash strategiyalari. Xabarlar
tarmoq orqali qanday
yuboriladi?
Ulanish strategiyalari. Qanday qilib ikkita jarayon xabar
almashadi?
215
Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish
bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi?
Do'stlaringiz bilan baham: