U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq operatsion tizimi
- Tarmoq (network)
Kompyuter tarmog‘i - bu aloqa tizimiga ulangan va tegishli
dasturiy ta’minot bilan jihozlangan kompyuterlar majmui bo‘lib, tarmoq foydalanuvchilariga ushbu kompyuterlarning resurslariga kirishga imkon beradi. Turli xil kompyuterlar tarmoqni tashkil qilishi mumkin, masalan, kichik mikroprotsessorlar, ishchi stansiyalar, mini kompyuterlar, shaxsiy kompyuterlar va superkompyuterlar. Aloqa tizimi har qanday juft kompyuter o‘rtasida xabar almashishni ta’minlaydigan kabellar, kommutatorlar, marshrutizator va boshqa qurilmalarni o‘z ichiga olishi mumkin. Tarmoq operatsion tizimi- foydalanuvchiga o‘z kompyuterlari bilan mustaqil ishlashga imkon beradi va shu bilan tarmoqdagi boshqa kompyuterlarning axborot va qurilma resurslariga kirish imkoniyatini oshiradi. Tarmoq operatsion tizimining soddalashtirilgan ishlashi quyidagicha amalga oshiriladi. A kompyuteridagi foydalanuvchi o‘z faylini tarmoqdagi boshqa B kompyuteriga qo‘yishga qaror qildi deylik. Buning uchun u klaviaturada tegishli buyruqni kiritadi. Foydalanuvchi interfeysi uchun javobgar bo‘lgan operatsion tizimning dasturiy moduli ushbu buyruqni oladi va uni A kompyuterning mijoz qismiga o‘tkazadi. OT mijoz qismi boshqa kompyuter resurslariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydi (masalan, B kompyuter disklari yoki kompyuterlariga). U faqat ushbu resurslar joylashgan kompyuterda ishlaydigan OT server qismini "so‘rashi" mumkin. Ushbu “so‘rovlar” tarmoq orqali uzatiladigan xabarlar shaklida ifodalanadi. Xabarlarda 206 nafaqat muayyan harakatlarni bajarish buyruqlari, balki ma’lumotlarning o‘zi ham bo‘lishi mumkin, masalan, ma’lum bir faylning tarkibi. Tarmoq (network) deb kompyuterlar, terminallar, va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishini ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuiga aytiladi. Barcha tarmoq tizimlarining umumiy maqsadi foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan foydalanishda qulaylikni ta’minlash hisoblanadi. Kompyuterlarni tarmoqga birlashtirish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi: ma’lumotlardan birgalikda foydalanish (misol uchun, fayllar); qurilma vositalaridan birgalikda foydalanish (misol uchun, printerlar, modemlar va hokazolar); dasturiy resurslardan birgalikda foydalanish (misol uchun, mijoz-server ko‘rinishidagi dasturlar); tarmoq tugunlarida yagona xavfsizlik siyosatini ta’minlash (misol uchun, lokal tarmoqni Internetga ulash davrida serverda ishchi stansiya xavfsizligini sozlash); tarmoq tugunlarini vakolatlarini chegaralash (misol uchun, korxonaning har xil bo‘linmalari orasida vakolatlarni taqsimlash); birgalikda foydalaniladigan ma’lumotlarni xavfsizligini ta’minlash (misol uchun, server tomonidan zaxira nusxalarni olish); tarmoq tugunlari orasida ma’lumot almashinuvini ta’minlash (misol uchun, elektron pochtani ishlatishda); masofadagi saytlarda fayllarni almashish va chop etish. Tarmoqlar foydalanuvchilarga, boshqa tarmoq foydalanuvchilari foydalanishlari uchun, masofadagi saytlarda ma’lumotlarni chop etishga imkon beradi; taqsimlangan ma’lumotlar omborida axborotlarni qayta ishlash; hisoblashlarni tezlashtirish. Funksiyalar tarmoqdagi kompyuterlar o‘rtasida qanday taqsimlanganiga qarab, ular uchta turli rollarni bajarishi mumkin: faqat boshqa kompyuterlarning so‘rovlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan kompyuter ajratilgan tarmoq serveri rolini o‘ynaydi; 207 boshqa mashina resurslariga so‘rovlar yuboradigan kompyuter mijoz tuguni sifatida ishlaydi; mijoz va server funksiyalarini birlashtirgan kompyuter – bir rangli tugun hisoblanadi. Tarmoqdagi kompyuterlarning vakolatlarini taqsimlanishi bo‘yicha bir rangli, serverli va gibridliga bo‘lish mumkin. Bir rangli tarmoqda barcha kompyuterlar bir xil huquqga va majburiyatga ega bo‘ladi. Har bir kompyuter o‘z resursini tarmoqning boshqa a’zolariga beradi va bir vaqtning o‘zida ularning resurslaridan foydalanadi. Serverli tarmoqlardabir yoki bir nechta kompyuterlar (serverlar) o‘z resurslarini tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga (mijozlarga) beradi. Bunda server mijozlarning resurslaridan foydalanmaydi. Gibrid tarmoqlardabir rangli va server tarmoqlarning belgilari birlashgan tarmoq hisoblanadi. Misol uchun, bir tarmoq, bir qism kompyuterlar uchun server bo‘lib turib, boshqa serverning mijozi bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik tarmoqlar gibrid bo‘lishadi. Tarmoq texnologiyalari – bu shunday texnologiyaki ular shaxsiy kompyuterda ma’lumotlarni to‘plash, saqlash, uzatish va qayta ishlash texnologiyasini aloqa texnikasi bilan birlashtiradi. Tarmoqlar ko‘pincha shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi: LAN (Local Area Network); MAN (Metropolitan Area Network); GAN (Global Area Network); WLAN (Wireless Local Area Netwrok). Mahalliy tarmoq Mahalliy tarmoq (LAN – Local area network) — bitta ofis binosida, omborxonada, kampusda yoki shunga o‘xshash hisoblash muhitida joylashgan konfiguratsiyani belgilaydi. Bunday tarmoqga odatda bitta tashkilot tomonidan egalik qilinadi, foydalaniladi va boshqariladi va kompyuterlarga umumiy aloqa liniyasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga imkon beradi. Qoida tariqasida, bu bitta umumiy zonada joylashgan shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stansiyalar to‘plami hisoblanadi. Garchi mahalliy tarmoq aniq belgilangan mahalliy hudud bilan fizik jihatdan chegaralangan bo‘lsa-da, uning aloqasi bu sohada 208 cheklanmagan, chunki mahalliy tarmoq katta aloqa tarmog‘ining komponenti bo‘lishi mumkin va boshqa tarmoqlarga ko‘prik (bridge) yoki shlyuz (gateway) orqali kirishni ta’minlaydi. Ko‘prik - bu bir xil protokollar yordamida ikki yoki undan ko‘p geografik jihatdan uzoq masofadagi mahalliy tarmoqlarni bog‘laydigan qurilma va uni boshqarish uchun dasturiy ta’minotdir. Masalan, Ethernet tarmoq texnologiyasidan foydalangan holda ikkita mahalliy tarmoqni ulash uchun oddiy ko‘prikdan foydalanish mumkin. Mahalliy tarmoq shina, xalqa yoki yulduz topologiyalari asosida tashkil qilinadi (tarmoq topologiyasi ushbu mavzuda keyinroq muhokama qilinadi). O‘z navbatida, shlyuz, bu ikki yoki undan ko‘p mahalliy tarmoqlarni yoki turli protokollardan foydalanadigan tizimlarni ulash uchun ishlatiladigan yanada murakkab qurilma va dasturiy ta’minotdir. Shlyuz qurilma va dasturiy ta’minotdagi nomuvofiqliklarni bartaraf qilib, bitta tarmoqning protokolini boshqasiga tarjima qiladi. Yuqori tezlikda ishlaydigan mahalliy tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 100 megabitdan 40 gigabitgacha oshirmoqda. Hududiy tarmoq Hududiy tarmoq (MAN – Metropolitan area network) — mahalliy tarmoqqa qaraganda katta, lekin global tarmoqdan (WAN) kichik bo‘lgan (masalan, shahar, viloyat, tuman) fizik hududni qamrab oladigan tarmoq infratuzilmasi hisoblanadi. Hududiy tarmoqni boshqarish bitta tashkilot, yirik korxona orqali amalga oshiriladi. Global tarmoq Global tarmoq (GAN – Global area network) — juda katta hududda boshqa tarmoqlarga ulanishni ta’minlaydigan tarmoq infratuzilmasi hisoblanadi. Global tarmoqlarni boshqarish odatda aloqa operatorlari yoki Internet-provayderlar orqali boshqariladi. Global tarmoqning asosiy komponentlari quyidagilarni tashkil qiladi: Global tarmoq shaharlar, hududlar, davlatlar, yoki qit’alar kabi juda katta hududlardagi lokal tarmoqlarni birlashtiradi; Global tarmoqlarni boshqarishni odatda turli aloqa operatorlari amalga oshiradi. Global tarmoqlarda keng doiradagi aloqa vositalaridan, masalan, sun’iy yo‘ldosh va mikro to‘lqinlardan foydalaniladi. Global 209 tarmoqlar mahalliy tarmoqlarga qaraganda nisbatan sekinroq hisoblanadi. Simsiz mahalliy tarmoq Simsiz mahalliy tarmoq (WLAN – Wireless local area network) — bu tarmoq doirasida joylashgan kompyuterlarni yoki ish stansiyalarini ulash uchun simsiz texnologiyalardan foydalanadigan mahalliy tarmoq. Tarmoqlarga nisbatan, operatsion tizimlarni tarmoq operatsion tizimlari va taqsimlangan operatsion tizimlarga bo‘lish mumkin. Tarmoq operatsion tizimi muhitida ishlayotgan foydalanuvchi, kompyuter tarmog‘idagi har qanday mashinada biron bir vazifani bajarishi mumkin bo‘lsa ham, har doim o‘z vazifasini qaysi mashina bajarishini biladi.Odatda, foydalanuvchi ishi foydalanuvchi kirgan mashinada bajariladi. Agar u boshqa kompyuterda vazifani bajarishni istasa, u masofadan kirish buyrug‘idan foydalanib ushbu mashinaga masofadan mantiqiy kirishni amalga oshirishi yoki masofadan turib bajariladigan maxsus buyruqni kiritishi kerak. Ideal holda, tarmoq OT foydalanuvchiga tarmoq shaklida emas, balki, yagona markazlashtirilgan virtual mashinaning resurslari shaklida tarmoq resurslarini taqdim etishi kerak. Bunday operatsion tizim uchun maxsus nom ishlatiladi - taqsimlangan operatsion tizimlar.Taqsimlangan operatsion tizimlar kompyuter tizimi miqyosida yagona operatsion tizim sifatida mavjud. Taqsimlangan operatsion tizimlar boshqaruvida ishlaydigan barcha tarmoq kompyuterlari ushbu global operatsion tizim funksiyalarining bir qismini bajaradi. Taqsimlangan operatsion tizim foydalanuvchisi, umuman aytganda, uning ishi qaysi mashinada bajarilayotgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha operatsion tizimlar tarmoq sinfiga tegishlidir. Zamonaviy kompyuter tarmog‘i har bir kompyuterga o‘rnatilgan bir qator tarmoq operatsion tizimlari nazorati ostida ishlaydi. Ushbu operatsion tizimlar bir xil yoki boshqacha bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil Unix operatsion tizimlar tarmoqdagi barcha kompyuterlarda ishlashi mumkin. Yana ham aniqroq variant - bu turli xil operatsion tizimlarga ega tarmoqdir, masalan, ba’zi kompyuterlar Unix FreeBSD, boshqalari CentOS, qolganlari Windows Server-da ishlaydi. Ushbu operatsion tizimlarning barchasi bir-biridan mustaqil ravishda ishlaydi, ularning har biri o‘z jarayonlarini yaratish, yakunlash va mahalliy resurslarni 210 boshqarish bo‘yicha mustaqil qarorlar qabul qiladi. Ammo har qanday holatda ham, tarmoq orqali ishlaydigan kompyuterlarning operatsion tizimlari tarmoqdagi turli xil kompyuterlarda ishlaydigan jarayonlarning o‘zaro ta’sirini tashkil qilish va ushbu kompyuterlarning resurslarini tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida almashish uchun o‘zaro kelishilgan aloqa protokollar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling