U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport pog‘onasi
- Taqdimot pog‘onasi
- Amaliy pog‘ona
Tarmoq pog‘onasi – aloqa tarmog‘ida paketlarni bog‘lash va
marshrutlashni ta’minlaydi, xususan, chiquvchi paketlarning manzillarini qayta ishlash, kiruvchi paketlarning manzillarini dekoderlash va yuklanish darajasining o‘zgarishiga mos keladigan 221 javob uchun marshrutlash ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Transport pog‘onasi - quyi darajadagi tarmoqqa kirish va mijozlar o‘rtasida xabarlarni uzatish, shu jumladan xabarlarni paketlarga ajratish, paketlar tartibini kuzatish, boshqaruv oqimlari va fizik manzillarning generatsiyasi uchun javobgardir. Seans pog‘onasi - jarayonlar o‘rtasida sessiyalar (aloqani o‘rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi) yoki aloqa protokollarini amalga oshiradi. Amalda, kam sonli dasturlar seans pog‘onasidan foydalanadi va kamdan-kam hollarda alohida protokollar sifatida amalga oshiriladi. Ushbu qatlamning funksiyalari ko‘pincha dastur pog‘onasining funksiyalari bilan birlashtirilib, bitta protokolda amalga oshiriladi. 6.5- rasm. OSI modeli Fizik Amaliy Seans Tarmoq Taqdimot Transport Kanal 7 7 6 6 5 5 4 4 3 3 2 1 2 1 Uzatuvchi qurilma Amaliy dasturiy ta’minot Qabul qiluvchi qurilma Amaliy dasturiy ta’minot Paket Ma’lumot Sarlavha Fizik aloqa 222 Taqdimot pog‘onasi - uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tarmoq orqali uzatiladigan ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirmasdan taqdim etilishini ta’minlaydi. Taqdimot pog‘onasi tufayli, bitta tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan uzatiladigan ma’lumotlar, har doim boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan tushuniladi (ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi). Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, va kerak bo‘lgan taqdirda axborotni zichlashtiradi (siqadi). Buning natijasida barcha amaliy xizmatlar uchun ma’lumotlar almashish mahfiyligi darhol ta’minlanadi. Bunga misol qilib, TCP/IP stekidagi amaliy pog‘ona protokollari uchun maxfiy xabar almashishni ta’minlaydigan SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirishimiz mumkin. Amaliy pog‘ona - bu pog‘ona tarmoq foydalanuvchilariga fayllar, printerlar yoki gipermatnli veb-sahifalar kabi umumiy resurslarga kirish, shuningdek, qo‘shma ishlarni tashkil qilish imkonini beradigan turli xil protokollar to‘plami, masalan, elektron pochta protokoli. Amaliy pog‘onada ishlaydigan ma’lumotlar birligi odatda xabar deb nomlanadi. Bu pog‘onada juda ko‘p turli xil protokollar va tegishli amaliy dastur xizmatlari mavjud. Eng keng tarqalgan tarmoq fayllarini xizmatlarining ba’zi bir turlari: TCP/IP stekidagi NFS va FTP, Microsoft Windowsdagi SMB, Nowell Netware operatsion tizimidagi NCP. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling