220
universal o‘tish edi. Aynan shu maqsadda OSI modeli ishlab
chiqilgan.
1980-yillarning
boshlarida
bir
qator
xalqaro
standartlashtirish tashkilotlari, xususan
Xalqaro standartlashtirish
tashkiloti (ISO), ochiq tizimlarning o‘zaro ta’sirining standart
modelini ishlab chiqdilar (Open System Interconnection, OSI). Ushbu
model kompyuter tarmoqlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
OSI modeli, birinchidan, paketlar
kommutatsiyasi tarmoqlarida
tizimlarning o‘zaro ta’siri darajasini, ikkinchidan,
standart daraja
nomlarini va uchinchidan, har bir darajani bajarishi kerak bo‘lgan
funksiyalarni belgilaydi. OSI modeli ma’lum bir protokol
to‘plamining bajarilishini tavsiflamaydi.
Tarmoq
protokoli
– hisoblash
tizimlarining tarmoq
komponentlari orqali almashinayotgan xabarlarning shakli va ketma-
ketligini belgilovchi rasmiy qoidalar majmui. Barcha protokollar
to‘plami protokollar oilasi yoki protokollar steki deb nomlanadi.
Tarmoqning murakkabligi tufayli ishlatiladigan tarmoq protokoli
modeli juda ko‘p miqdordagi mavhumlikni o‘z ichiga oladi.
Zamonaviy tarmoqlar murakkab tizimdir: ular ko‘p sonli tarmoqlardan
iborat
bo‘lib,
ularning
har
biri
odatda
har
xil
tarmoq
texnologiyalaridan foydalangan holda turli
xil aloqa qurilmalarida
qurilgan va turli xil topologiyalarga muvofiq aloqa kanallari bilan
bog‘langan. ISO aloqa modeli standartiga muvofiq aloqa tarmog‘i
quyidagi asosiy yetti pog‘onalarga (qatlam, sath) bo‘linadi:
Fizik pog‘ona - signallarni uzatish uchun mexanik va elektr
qurilmalar. Tarmoq aloqasining eng past darajasi hisoblanadi. Tarmoq
qurilmalarini o‘z ichiga
oladi - tarmoq kabellari, ulagichlar,
konsentratorlar va boshqalar. Fizik aloqa kanallari orqali bit oqimini
uzatishni amalga oshiradi.
Kanal pog‘onasi - xatoliklarni
aniqlash va fizik darajada
xatoliklarni tiklashni o‘z ichiga oladi, belgilangan uzunlikdagi kadrlar
(frame) yoki qismlarni qayta ishlaydi. Ushbu pog‘onada PDU
(Protocol Data Unit – ma’lumotlar bloki protokoli) odatda kadr deb
ataladi. Paketlar kommutatsiyasi rejimida ishlaydigan birinchi
pog‘ona hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: