U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Kompyuter tizimlarining kiritish/chiqarish qurilmalari


Download 3.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/242
Sana06.10.2023
Hajmi3.88 Mb.
#1693882
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   242
Bog'liq
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт

4.1. Kompyuter tizimlarining kiritish/chiqarish qurilmalari 
Kiritish/chiqarish amallarini bajaradigan tashqi qurilmalarni uch 
guruhga ajratish mumkin: 
 foydalanuvchi bilan ishlaydigan qurilmalar. Kompyuter bilan 
bog‘lanish uchun ishlatiladi. Bu guruhga printerlar, displeylar, 
klaviaturalar, manipulyatorlar (sichqoncha, yo‘lakbol, joystik) va 
boshqalar kiradi;
 kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalar. Elektron qurilmalar 
bilan bog‘lanish uchun foydalaniladi. Ular qatoriga diskli qurilmalar 
va 
magnit 
tasmali 
qurilmalar, 
sensorlar, 
kontrollerlar, 
o‘zgartiruvchilar kiradi; 
 kommunikatsiyalar. Masofadagi qurilmalar bilan bog‘lanish 
uchun foydalaniladi. Bu guruhga raqamli liniyalarning modemlari va 
adapterlari kiradi. Ushbu qurilmalarni shuningdek, foydalanuvchi va 


129 
kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalarning kombinatsiyasidan tashkil 
topgan qurilmalar deb ham ataladi.
Boshqa xususiyati bo‘yicha kiritish/chiqarish qurilmalarni blokli 
va belgili turlariga ajratish mumkin.
Blokli qurilmalar har birining o‘z manzili bo‘lgan, belgilangan 
uzinlikdagi bloklarda axborotni saqlovchi qurilmalarni o‘z ichiga 
oladi. Blok hajmi odatda 512 dan 65536 baytgacha o‘zgaradi. Blokli 
qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri, har bir blok qolgan 
bloklardan mustaqil o‘qish va yozish mumkinligidir. Eng keng 
tarqalgan blokli qurilmalar – bu qattiq disklar, Blu-ray disklari va 
USB flesh xotira. 
Agar e’tibor bilan qaralsa qurilmalar o‘rtasida chegara blok 
bo‘yicha manzillanadi, va qurilma qa’tiy belgilanmagan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri manzillash mumkin bo‘lmagan alohida qurilmani ko‘rish 
mumkin. Disk blokli manzillash qurilmasiga asoslangan, chunki 
diskni o‘quvchi qurilma joriy holatiga bog‘liqlikdan tashqari har doim 
uni belgilangan silindrga o‘tkazish, so‘ng kerakli yo‘lakka alohida 
blokni yozish yoki o‘qish mumkin bo‘ladi. Magnitli tasma 
(magnitafon) - diskni zahira nusxalarini saqlash uchun ishlatiladi. 
Tasmada blok ketma-ketlikda saqlanadi. Agar magnitafon, bir nechta 
buyruqlarni o‘qishni buyursa, undan tasmani qaytadan o‘rash talab 
etiladi va jarayon hali beri yakunlovchi blokni berguncha ma’lumot 
o‘qish boshlanadi. Bu operatsiya diskda bloklarni izlashga o‘xshaydi, 
u sezilarli darajada katta vaqtni oladi.
Kiritish/chiqarish qurilmasini boshqa turi - bu belgili qurilma. 
Belgili qurilma hech qanday blokli tuzilishiz oqim belgili taqdim 
etiladi yoki qabul qilinadi. Belgili qurilma manzillanmaydi va izlash 
operatsiyasini bajarmaydi. Printer, tarmoq interfeysi (kartasi), 
sichqoncha va diskga o‘xshash bo‘lmagan boshqa qurilmalarni belgili 
qurilma sifatida ko‘rib chiqish mumkin. 
Bunday sxemani toifalarga ajratib bo‘lmaydi. Ayrim qurilmalar 
hech bir toifaga mos kelmaydi. Masalan, soatlar blokli manzillashga 
kirmaydi. Shuningdek ular shakllanmaydi va belgili oqimlarni qabul 
qilmaydi. Ularning barchasida qa’tiy belgilangan vaqt momentida 
to‘xtalish sodir bo‘ladi. Blokli va belgili qurilmalarning barcha 
qismlari 
yetarlicha 
ko‘p 
narsalarni 
o‘z ichiga olgan va 
kiritish/chiqarish qurilmasidan mustaqil operatsion tizim dasturiy 
ta’minoti uchun asosiy ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan 


130 
qulay vosita hisoblanadi. Fayl tizimi mavhum blokli qurilma bilan 
muloqot qiladi, qurilmaga bog‘liq qismi dasturiy ta’minotning past 
pog‘onasida - qurilma drayverida qoladi. 
Kiritish/chiqarish qurilmasi ishlash tezligi oralig‘i juda keng. 
Turli sinflarga tegishli va har bir sinf doirasidagi kiritish/chiqarish 
qurilmalari o‘rtasida sezilarli darajada farqlanishlar mavjudligini 
ta’kidlash joiz.
Bu farqlanish ma’lumot uzatish tezliklari bilan qurilmaga xizmat 
ko‘rsatish sifatini ta’minlashga imkon beradigan dasturni sezilarli 
darajada murakkablashtiradi. Yildan yilga ko‘plab kiritish/chiqarish 
qurilmalari ishlash tezligi o‘sib bormoqda. Bu farqlanishlar quyidagi 
xarakteristikalarga taalluqli:
 Ma’lumotlarni uzatish tezligi (bir nechta qatorga farqlanadi); 
 Qo‘llash. Qurilmani qo‘llab-quvvatlovchi har bir amal 
dasturiy ta’minot va operatsion tizimning algoritmiga ta’sir ko‘rsatadi 
(masalan, fayllar yoki virtual xotiraning sahifalarini saqlash uchun 
foydalaniladigan disk, turli dasturiy ta’minotni talab etadi); 
4.1- jadval 

Download 3.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling