U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev
Qurilma va ma’lumotlarni ajratish
Download 3.88 Mb. Pdf ko'rish
|
a12b69867f018f785135aa04d3624799 Operatsion tizimlar грифли 100 шт
Qurilma va ma’lumotlarni ajratish
Kiritish/chiqarish qurilmalari jarayonlarga ham yakka (monopol), ham ajratilgan tarzda foydalanish uchun berilishi mumkin. Bunda OT jarayonlarni hisoblash tizimining boshqa resurslardan foydalanish usullaridan kontrollerlarga ham foydalanishni ta’minlashi kerak, ya’ni jarayon bajariluvchi nomidan foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar guruhining qurilma ustidan u yoki bu amalni bajarishga huquqlarini tekshirish. OT faqat ma’lum qurilmadan foydalanish emas, balki bu qurilma saqlaydigan ma’lumotlarning ayrim qismlaridan foydalanish ustidan nazorat qilishi mumkin. Diskli fayllar va kataloglardan foydalanishni nazorat qilish muhim bo‘lgan qurilmaning yaqqol misolidir. Ohirgi vaqtlarda qurilmadan umumiy holda birgalikda foydalanish rejimi topshirig‘i zaruriy shart bo‘lib qolgan. Bitta qurilma vaqtning turli davrlarida ham ajratilgan, ham yakka rejimlarda ishlashi mumkin. Shunga qaramasdan faqat bitta rejimda ishlash xos bo‘lgan qurilmalar mavjud, masalan ketma-ket portlar va alifbo-raqamli terminallar ko‘pincha yakka rejimda foydalaniladi, disklar esa – birgalikda foydalanish rejimida. Birgalikda foydalanilgan hollarda, umumiy unumdorlikni oshirish maqsadida OT turli jarayonlar uchun kiritish/chiqarish amallar ketma-ketligini optimallashtirishi kerak. Masalan, bir nechta jarayonlarni disk bilan ma’lumotlar almashinuvida amallar ketma-ketligi shunday tartibga solish mumkinki, bunda kallaklarni unumsiz xarakatlanish vaqt sarfi 143 sezilarli kamayadi (bunda ayrim jarayonlar uchun kiritish/chiqarish amallari ma’lum darajada sekinlashishi mumkin). Qurilmaning jarayonlar o‘rtasida taqsimlanishida jarayonlar ma’lumotlarini bo‘lish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Odatda bunday ehtiyoj ketma-ketligi qurilmalardan birgalikda foydalanish paytida vujudga keladi, chunki bunday qurilmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladigan qurilmalardan farqli ravishda manzillanmaydi. Bunday qurilmaning yaqqol vakili – bu printer. Bunday qurilmalar uchun chiqarish ketma-ketligi topshirig‘i tashkil etiladi, bunda har bir vazifa ma’lumotlarning bo‘lib bo‘lmaydigan bir qismi, masalan, chop etishga mo‘ljallangan hujjat, shaklida bo‘ladi. Vazifalar ketma-ketligini saqlash uchun spul-fayl ishlatiladi, u printer va operativ xotiraning tezliklarini muvofiqlashtiradi, hamda, ma’lumotlarni mantiqiy qismlarga bo‘linishini tashkil etishga imkon beradi. Ma’lumotlarni spul-fayldagi o‘zining qismlariga joylashtirib, jarayonlar ularni printerga bir vaqtda chiqarishi mumkin. Download 3.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling