Chiziqli elementlar
R ezistor. Rezistorning qarshiligi omlarda o’lchanadi va Om dan Mom gacha o’zgartirish imkonini beradi.
O ’zgaruvchan qarshilik. O’zgaruvchan qarshilik qiymatini strelkali-o’zgartirgich yordamida rostlash mumkin. Qiymatlar oynasida reostat holatini (foizlarda) o’rnatish imkoniyati mavjud.
Kondensator. Kondensator sig’imi faradalarda o’lchanadi va pF lardan F largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
O ’zgartiriladigan sig`imli kondensator. O’zgaruvchan kondensator sig’imini ozgartirish imkoniyati mavjud. U faradalarda o’lchanadi va pF lardan F largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
I nduktiv g'altak. Induktiv g'altak (drossel) kattaligi genrilarda o’lchanadi va va mkGn lardan Gn largacha qiymatlarda o’zgartirish imkonini beradi.
I nduktivligi o’zgaruvchan g'altak. G’altakning kattaligi boshlang’ich qiymat va proportsionallik koeffitsienti orqali o`rnatiladi (L=boshlang’ich qiymat/100).
T
ransformator- U1 kuchlanishni U2 kuchlanishga o’zgartirish uchun xizmat qiladi.
Transformatsiya koeffitsienti n birlamchi cho’lg’am kuchlanishi U1 ni ikkilamchi
cho’lg’am kuchlanishi U2 ga nisbati orqali aniqlanadi. Transformatsiya koeffitsienti qiymatlar oynasiga o’rnatiladi.
Eslatma: Transformator ulangan sxema albatta yerga ulanishi zarur.
O’lchov asboblari va elementlarining kattaliklarini o’rnatish
Oddiy anologli elementlar hisoblangan turli energiya manbalari, kondensatorlar, induktiv g’altaklar, qarshiliklar bir yoki bir nechta kattaliklarga ega. Murakkab elementlar aniq bir modelni mujassamlashtirgan bir qancha o’zaro bog’langan elementlardan iborat. Yerga ulovchi va birlashtiruvchi tugundan tashqari barcha elementlar o`rnatilgan ma’lum kattalikga ega. Bu elementlarning qiymatini o`zgartirish uchun kompyuter sichqonchasi chap tugmasini ikki marta bosish yordamida elementning qiymatlar oynasi ochiladi va zaruriy kattalik yoziladi. Element o`lchami “yuqoriga” va “pastga” strelkalari yordamida o`zgartiriladi. Shundan so’ng Accept tugmasi bosiladi va kerakli qiymat o`rnatiladi. Bu amallarni Circuit menyusidagi Preferences bo’limi orqali ham amalgam oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |