У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Download 1.17 Mb.
|
elektrotexnika elektronika va elektr yuritmalar fanidan tajriba ishlarini vertual usulda bajarish boyicha uslubiy korsatma
Multimetr- kuchlanishni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), tokni (o’zgarmas va o’zgaruvchan), qarshilikni va kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash imkonini beradi. Sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish orqali quyida tasvirlangan qiymatlar oynasi ochiladi. Bu oynadan o’lchanayotgan tokning turi va zarur fizik kattaliklari o`rnatiladi. Quyida bu oynaning umumiy ko`rinishi keltirilgan.
T ok va kuchlanishni o’lchash uchun multimetr qisqichlari voltmeter va ampermetr kabi ulanadi. Qarshilikni o’lchash uchun multimetr qisqichlari o’lchanishi zarur bo’lgan zanjir qismiga parallel holatda ulanadi. O’lchashni amalga oshirish uchun multimetrni o’zgarmas tokka o`tkazing va tugmasi o`rnatilgach qo`shish tugmasini bosing. O’lchash xatosiz bajarilishi uchun zanjir yerga ulanadi hamda energiya manbalari uzib qo`yiladi. Kuchlanish nisbatini dessibillarda o’lchash uchun multimetrning dB tugmasini bosing. Multimetr qisqichlari aniqlanadigan nuqtalarga nisbatan biriktiriladi. Multimetr parametrlari kattaliklarini o`rnatish uchun SETTINGS tugmasini bosing. Multimetr parametrlari tekshiriladigan sxemaga kam ta’sir etishiga e’tibor qaratish zarur. Osillograf. Electronics Workbench osillografi saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan uzluksiz ikki nurli bo’lib oddiy va kengaytirilgan holatlarga ega. Osillografning kengaytirilgan varianti eng yaxshi raqamli saqlab qoluvchi haqiqiy osillografga yaqinlashtirilgan. Sichqoncha tugmasini ikki marta bosish orqali osillografning oddiy holati paydo bo’ladi. Osillografning to`rtta ulash qisqichi mavjud bo’lib, pastgi o`ng va chap qisqichlar А (channel А) va В (channel В) kanallarning kirish qismi hisoblanadi. O`ng tomondagi yuqorigi qisqich umumiy qisqich deb ataladi. Chunki osillograf o`lchayotgan nuqta kuchlanishi bu qism potensialiga nisbatan olinadi. Odatda bu qism yerga ulab qo`yiladi, chunki osillograf kuchlanishni nolga nisbatan olishi zarur. Shu sababli osillograf bu qisqichi «ground». deb belgilangan. Menyuning Circuit punktida Analysis Options qismiga kirib Time domain points per cycle qatori orqali otsillogrifning hisoblash nuqtalarini kengaytirish mumkin. Odatda bu nuqtalar soni 100 bo’ladi. Huddi shi yo`l bilan Pause after each screen holatini o’rnatish orqali osillogramma tahlilini yengillatish mumkin. Bunda osillografning ishi uning nuri ekrani oynasini to`liq egallagach to`xtaydi. Osillograf ishini davom ettirish uchun Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi yoki F9 tugmasi bosiladi. Osillograf ishini istalgan holatda to`xtatish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Circuit punktidan Pause (Pauza) holati tanlanadi. Osillograf ishini qayta davom ettirish uchun F9 tugmasi bosiladi yoki Resume (Davom ettirish) bandi tanlanadi. Oddiy holatdan kengaytirilgan holatga o`tish uchun ZOOM tugmasi bosiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling