У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар


Download 1.94 Mb.
bet10/27
Sana30.04.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1408512
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
МЕТ УЭ 2007

KUCHLANISHLAR REZONANSI.



  1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad.

1. Rezonans hodisasi bilan amalda tanishish.


2. Kondensator sig`imi o`zgarganda induktiv g`altakda va kondensatordan kuchlanishning o`zgarishini tekshiring.
3. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini aniqlash.
4. Kuchlanishlar rezonansida induktiv g`altak va kondensator-dagi kuchlanishning tarmoq kuchlanishidan necha marta katta bo`lishini aniqlash.



  1. Tajriba ishiga tushuntirish.

Ketma-ket ulangan induktiv g`altak va kondensatordan iborat elektr zanjirining reaktiv qarshiliklari teng bo`lgandagi ish rejimiga kuchlanishlar rezonansi deyiladi, ya'ni


xL=xC yoki
bu yerda -o`zgaruvchan tok burchak chastotasi, sek–1 u
ga teng.

  1. f-o`zgaruvchan tok chastotasi, gs

L-g`altakning induktivligi, gn
C-kondensatorning sig`imi, f
Rezonansda:
a) zanjirning to`la qarshiligi uning aktiv qarshiligiga teng bo`ladi

b)zanjirning quvvat koeffitsiyenti birga teng bo`ladi

v)zanjirdagi tok eng katta qiymatga ega bo`ladi.

g) reaktiv kuchlanishlar o`zaro teng bo`ladi UL = UC
Ammo reaktiv kuchlanish Up nolga teng UP =UL-UC = 0
d) zanjirdagi berilgan kuchlanish faqat aktiv kuchlanishning tushuviga sarf bo`ladi

Demak, kuchlanishlar rezonansida aktiv, induktiv va sig`im qarshiliklardan iborat bo`lgan elektr zanjiri faqat aktiv qarshilikli zanjirga o`xshaydi.
Kuchlanishlar rezonansida reaktiv kuchlanish nolga teng bo`lganda ham, induktiv va sig`im kuchlanishlarining har biri alohida nolga teng bo`masligi, ya'ni zanjirga berilgan kuchlanishga nisbatan birmuncha katta qiymatlarga ega bo`lishi mumkin.
Bu holni quyidagi ifodadan kursa bo`ladi.

R ning kichik va XL ning katta qiymatlarida, kuchlanish UL va unga teng bo`lgan kuchlanish UC zanjirga berilgan kuchlanishdan bir necha o`n marta katta bo`lishi mumkin. Kuchlanishlar rezonansida tarmoqdan iste'mol qilinadigan reaktiv quvvat nolga teng bo`ladi.
Q = QL - QC = 0
Chunki, induktiv g`altak va kondensatorning reaktiv quvvatlari o`zaro teng: to`la quvvat esa aktiv quvvatga teng:

Demak, kuchlanishlar rezonansida induktiv g`altak va kondensator orasida reaktiv energiya almashinuvi sodir bo`ladi, ammo tarmoq va induktiv g`altak yoki tarmoq va kondensator orasida esa energiya almashinuvi yuz bermaydi va shu sababli bo`ladi.
Kuchlanishlar rezonansi u paydo bo`lgan qurilma uchun xavfli, chunki kuchlanish bir necha o`n marta ortib ketishi mumkin. Agar ma'lum sig`imga ega bo`lgan kabel liniyasiga biron apparatning induktiv g`altagi (masalan, transformator chulg`ami) ulansa, shunday sodir bo`lishi mumkin.
Ammo texnikaning ko`p sohalarida kuchlanish rezonansidan keng foydalaniladi. (masalan, radiotexnikada filtrlar sifatida).

  1. Ishni bajarish tartibi.

  1. 5.1-rasmdagi sxema yig`iladi.

2. Kondensatorning sig`imini ketma-ket 2mkf dan, rezonansga yaqin joylarda 1mkf dan o`zgartira borib, asboblarning ko`rsatishi 1-jadvalga yozib olinadi.
3. UC ,UF va I larning ga bog`liqlik grafiklari quriladi.
4. Grafik bo`yicha rezonans momenti aniqlanadi.


5. Kuchlanishlar rezonansida zanjirning parametrlarini hisoblab, uning natijalari 5.2-jadvalga yoziladi.


6. Rezonans momenti uchun vektor diagramma quriladi.

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling