У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
KABELNING ELEKTR SIG`IMINI ANIQLASH
Download 1.94 Mb.
|
МЕТ УЭ 2007
KABELNING ELEKTR SIG`IMINI ANIQLASH.
1.Ishdan ko`zda tutilgan maqsad. 1. Kabelning elektr sig`imini: a) kabelning ayrim simlari orasidagi elektr sig`imini. b)kabelning qobig`i va biron simi orasidagi elektr sig`imini o`lchashni o`rganish. 2. Tajriba ishiga tushuntirish. Kabelning tok o`tkazuvchi simlari, ularni ajratib turuvchi izolyatsiyasi bilan birgalikda, shuningdek, kabelning har bir simi va uning qobig`i ma'lum sig`imga ega. Kabel tarmoqlarini hisoblashda kabelning sig`imini hisobga olish kerak, chunki: a)kabelning sig`imi elektr zanjirlarida bo`ladigan ulash-uzish va qisqa tutashuvlardagi o`tkinchi jarayonlarga ta'sir ko`rsatadi: b)induktiv qarshilik (elektr dvigatellari, reaktorlar) va sig`im qarshiligiga (kabel tarmoqlari) ega bo`lgan zanjirda kuchlanish rezonansi hodisasi sodir bo`lishi mumkin. Kuchlanish rezonansida, zanjirning ayrim qismlarida, kabel izolyatsiyasining butunligi uchun xavfli bo`lgan katta kuchlanishlar sodir bo`ladi. Kabelning sig`imini kabelli liniyalarda ta'mirlash ishlari olib borilganda ham hisobga olish kerak. Kabelli qismlarda ta'mirlash ishini boshlashdan oldin, uni ikki oxiridan ajratib, ayrim simlarini o`zaro ulagandan so`ng, tamirlash ishini bajaruvchi shaxsning xavfsizligini ta'minlash maqsadida va kabelni kondensator kabi razryadlash uchun ularni yerga ulash kerak. O`lchash natijasida olinganlar bo`yicha kabelning sig`imi quyidagi formula bilan hisoblanadi: bu yerda I -ampermetr ko`rsatgan tok, ma U -voltmetr ko`rsatgan kuchlanish, v = 2 f -o`zgaruvchan tok burchak chastotasi, sek -1 f –tarmoqdagi o`zgaruvchan tok chastotasi, 50 gts C–sig`im, mkf 3. Ishni bajarish tartibi. 1. 1-rasmdagi sxema yig`iladi. 2. Berilgan kondensatorning sig`imini aniqlash uchun ajratgichning turli holatida tok va kuchlanishning kattaligi o`lchanadi. a) kabelning qobig`i bilan har bir simi orasidagi sig`im, b) kabelning simlari orasidagi sig`im o`lchanadi. 3. O`lchash natijalari 13.1-jadvalga yoziladi. 5. Har bir o`lchash natijalari asosida kabelning sig`imini hisoblab 1-jadvalga yoziladi. 13.1–jadval
4. Tekshiruv savollari. Kabelning qanday konstruktiv qismlari sig`imga ega? Tamirlash ishlari olib borilayotgan kabel liniyalarida qanday xavfsizlik choralari ko`rish lozim? Tekshirilayotgan kabelning tuzilishi qanday? 14- TAJRIBA ISHI . Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling