У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
Download 1.94 Mb.
|
МЕТ УЭ 2007
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA QUVVATNI O`LCHASH VA VATTMETR KO`RSATISHINING ANIQLIGINI BAHOLASH.
I = f1 (C); cos = f2 (C) ; P = f1 ( cos ) ; U2 = f2 ( cos )
bog`lanishlarning grafiklari quriladi. Oxirgi ikki bog`lanishning grafiklarini qurishda koordinata boshidan gorizantal o`q o`yicha cos ning nol qiymatlarini emas, balki С = 0 da olingan minimal qiymatlar quyiladi. 9.1–jadval
6. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalari quriladi. 7. Tajriba ishi buyicha xulosa chiqariladi. a) liniyaning ishi uchun соs qanday ta'sir qiladi, ya'ni liniyadagi quvvat va kuchlanish isrofgarchiliklari qanday o`zgaradi. b) quvvat koeffitsiyenti birga teng bo`lganda, sig`im qiymati nimaga teng? 8. Tok va kuchlanishlarning vektor diagrammalari quriladi. a) kondensatorlar ajratilganda (С = 0). Ixtiyoriy 0 nuqtadan kuchlanish vektori U2 ni yuqoriga vertikal qo`yiladi. G`altakning aktiv toki IG a = IG . cos va reaktiv toki IFp =IF sin hisoblanadi. Aktiv tok 0 nuqtadan yuqoriga vertikal quyiladi, chunki u kuchlanish bilan bir faza yo`nalishidadir.Reaktiv tok vektorini esa soat strelkasining yo`nalishi bo`yicha 900 burchak ostida qo`yiladi, chunki bu tok induktiv tok bo`lib, kuchlanishdan faza bo`yicha 900 ga orqada qoladi. Bu toklarning geometrik yig`indisi liniya toki I ga teng bo`lib, ushbu holda esa g`altak toki IF ga teng. Tok va kuchlanish orasidagi fazaviy siljish burchagi ( bo`ladi.(9.2-rasm). b) kondensatorlar ulanganda (С 0). Avvalgi holdagi kabi 0 nuqtadan kuchlanish vektori U2 va g`altak tokining vektori IG chiziladi. So`ngra soat strelkasi yo`nalishiga teskari qilib, 900 burchak ostida kondensator toki IC chiziladi, chunki sig`im toki kuchlanishidan faza kuchlanishi faza bo`yicha 900 ga o`zgaruvchan. Liniya toki I, g`altak toki IG va sig`im toki IC vektorlarining geometrik yig`indisiga teng (o`zgaruvchan tok zanjiri uchun Kirxgofning birinchi qonuni). Tok va kuchlanish orasidagi fazaviy siljish burchagi nolga teng yoki nolga yaqin bo`ladi (9.3-rasm). Tekshiruv savollari. 1. Quvvat koeffitsiyenti nima uchun muhim iqtisodiy ko`rsatkich hisoblanadi? 2. Quvvat koeffitsiyenti sanoat tarmoqlarida birga teng bo`lishi mumkinmi? 3. Quvvat koeffitsiyentini qanday oshirish mumkin? 4.Quvvat koeffitsiyenti birga teng bo`lganda, kondensatorlarning sig`imi qanday aniqlanadi? 10-TAJRIBA ISHI . O`ZGARUVCHAN TOK ZANJIRIDA QUVVATNI O`LCHASH VA VATTMETR KO`RSATISHINING ANIQLIGINI BAHOLASH.1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad. Ampermetr, voltmetr va vattmetrning tuzilishi bilan tanishish. Vattmetr shkalasining bo`linish darajasin aniqlash. O`zgaruvchan tok zanjirida quvvatni o`lchashni o`rganish. Ampermetr va volmetr yordamida vattmetr ko`rsatishining aniqligini baholash. 2. Tajriba ishiga tushuntirish. Elektrodinamik sistemadagi vattmetr yordamida o`zgaruvchan va o`zgarmas tok zanjiridagi quvvat o`lchanadi. O`zgaruvchan tok zanjirida elektrodinamik vattmetr bilan aktiv quvvat o`lchanadi. Vattmetr ko`rsatayotgan quvvatni aniqlash uchun, vattmetr strelkasi ko`rsatayotgan shkalaning bo`linmalari sonini uning bo`linish darajasiga kupaytirish kerak. Odatda har bir vattmetrning shkalasida, ketma-ket cho`lg`am tokining va parallel cho`lg`am kuchlanishining nominal qiymatlari ko`rsatiladi (masalan 5A, 220V). Bu belgilanganlar buyicha vattmetr shkalasining bo`linish darajasi aniqlanadi bu yerda In, Un-tok va kuchlanishning nominal qiymatlari, n-shkalaning bo`linmalari soni. Vattmetr strelkasining burilishi uning ketma-ket va parallel cho`lg`amlaridan o`tayotgan toklarning o`zaro yo`nalishiga bog`lik. Vattmetrni zanjirga to`g`ri o`lash uchun ketma-ket cho`lg`amning bir uchi va parallel cho`lg`amning bir uchi alohida belgi *(yulduzcha) bilan belgilanadi. Bular generator uchlari deb ataladi. Ana shu ikkala uchni (qismani) generatorning bir qutbiga o`laganda, vattmetr strelkasining burilishi to`g`ri bo`ladi. Barcha o`lchash asboblari kabi vattmetr ham xatolikka ega va bu xatoliklar vattmetrning ko`rsatishini, ampermetr va voltmetr ko`rsatishlari bilan solishtirib aniqlanadi. Bu maqsad uchun qullangan ampermetr va voltmetrning aniqlik sinfi, vattmetrning aniqlik sinfidan yuqori bo`lishi lozim. Ampermetr va voltmetrning ko`rsatishi bo`yicha hisoblangan quvvat haqiqiy quvvat deb qabul qilinadi: Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling