У шбу услуб ий курсатма Тузувчилар
KONDENSATORLAR YORDAMIDA QUVVAT KOEFFITSIYENTINI OSHIRISH
Download 1.94 Mb.
|
МЕТ УЭ 2007
KONDENSATORLAR YORDAMIDA QUVVAT KOEFFITSIYENTINI OSHIRISH.
1. Ishdan ko`zda tutilgan maqsad. 1.Elektr energiyasi iste'molchilariga parallel ulangan kondensatorlar sig`imini o`zgartirish yo`li bilan quvvat koeffitsiyentining o`zgarishini tekshirish. 2. Quvvat koeffitsiyenti birga yaqin bo`lganda kondensatorlar sig`imini aniqlash. 3. Quvvat koeffitsiyenti o`zgarganida liniyadagi quvvat isrof-garchiligini aniqlash. 4. Quvvat koeffitsiyenti o`zgarganda iste'molchilarning qism-larida kuchlanishning o`zgarishini aniqlash. Tajriba ishiga tushuntirish. 1.Quvvat koeffitsiyenti quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda Р2–iste'molchining quvvati, vt U2–iste'molchining qismlaridagi kuchlanish, v I–liniyadagi tok, a Iste'molchilarning quvvati o`zgarmas bo`lganda, cos o`zgarsa, iste'molchilarning qismlaridagi kuchlanish va uzatgich liniyadagi quvvat isrofgarchiliklari ham o`zgaradi. Bunday bo`lishiga sabab, iste'molchining quvvati o`zgarmasa, uning cos sining turli qiymatlarida liniya tokining ham turlicha bo`lishidir. Liniyadagi tokning kattaligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Bu formuladan ko`rinadiki, cos kamaygan sari liniyadagi tokning kattaligi orta boradi. Bunda, uzatkich liniyadagi quvvat isrofgarchiligi ortadi, ya'ni P = I 2 . R L = Р1 – Р2 bu yerda RL–simlarning qarshiligi, om; P1–manbadan iste'mol qilinadigan quvvat (liniya boshlanishidagi quvvat ), vt. cos ning kamayishi bilan liniyadagi kuchlanish isrofgarchiligi orta borib, iste'molchining qismlaridagi kuchlanish kamayadi, ya'ni U2 = U1 - U ; U = U1 – U2 bu yerda U1 –liniya boshlanishidagi kuchlanish, v. Bu tajriba ishidagi sxema elektr energiyasi uzatish liniyasini aks ettiradi. Iste'molchi sifatida qarshiligi ZF bo`lgan induktiv g`altak olingan. G`altak yuklama xarakteri buyicha, sanoat tarmoqlarida asosiy iste'molchi hisoblangan elektr dvigatellarini aks ettiradi. Uzatkich liniyaning qarshiligi po`lat uzakli g`altakning qarshiligi ZL tarzida berilgan. Dvigatellar iste'mol qiladigan reaktiv tok katta bo`lgani uchun sanoat tarmoqlarida cos kichik bo`ladi. Uni dvigatellarga parallel kondensatorlar ulash yo`li bilan oshiriladi. Ushbu tajriba ishida ham shunday qilinadi. Amalda, iqtisodiy nuqtai nazardan, cos = 0,9 0,95 bo`lgani ma'qul. 3. Ishni bajarish tartibi. 9.1-rasmdagi sxema yig`iladi. 2. Kondensatorlar ajratilganda (С=0), zanjirni ulab, asboblarning ko`rsatishini 9.1-jadvalga yoziladi. Kalit K yordamida liniya boshidagi quvvat Р1 (1-holat ) va liniya oxiridagi quvvat Р2 (2-holat )ni o`lchanadi. 3. Kondensatorlar ulangandan so`ng ularning sig`imini o`zgartirib, asboblarning ko`rsatishini 8.1-jadvalga yoziladi. Rostlash reostati RROS yordamida liniya boshidagi kuchlanishni o`zgartirmasdan, kondensatorlar sig`imini o`zgartirib o`lchashni bir necha marta o`tkaziladi. Dastavval liniyadagi tok kamaya borib, so`ngra orta boshlaydi. Boshlanishda kondensatorning sig`imi 2 mkf dan o`zgartirish kerak. Minimal tokka tegishli bo`lgan sig`im miqdorini to`g`ri aniqlash uchun, minimal tok chegaralarida kondensator sig`imini 1 mkf dan o`zgartiriladi. 4. Minimal tokni aniqlash. Liniyaning minimal tokida cos birga teng. 5. Zarur bo`lgan hisoblashlar bajariladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling