U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va 
kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. 


226 
Pul muomalasi o‘ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdorini 
aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. 
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga 
bog‘liq: 
1. Muayyan davr davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar 
summasiga.
2. Pul birligining aylanish tezligiga.
3. Kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga 
ham bog‘liq.
Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga 
muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda 
ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga 
ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi 
jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga 
oshiriladi. Biz ularni o‘zaro hisob-kitoblar deb ataymiz.
Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 
quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
t
t
k
b
m
А
Х
Х
T
P




bu yerda: 
P
m
- muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; 
T
b
- sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori × narxi); 
X
k
- krеditga sotilgan tovarlar summasi; 
X
t
- to’lash muddati kеlgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar 
summasi; 
A
t
- pulning aylanish tеzligi. 
Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, krеditga sotilgan tovarlar 
– 20 mln. so’mni, ilgari krеditga sotilib, ayni paytda to’lash muddati kеlgan 


227 
tovarlar va boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tеzligi 
6 marta bo’lsa, u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 20 mln. so’mga 
tеng bo’ladi. Ya’ni: 
.
'
.
ln
20
6
40
20
100
m
so
m
P
m




Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran 
ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan 
muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul yetishmasligi, normal 
holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, 
muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga 
nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning 
paydo bo‘lishi pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyasiyani bildiradi.
Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasi qonuniga 
quyidagicha ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling