222
Soliq
stavkasi
progressiv soliq
proporsional soliq
regressiv soliq
Daromad hajmi
1-chizma. Progressiv, proporsional va regressiv soliqlarning grafik ko‘rinishi.
Soliqlar amal qilish doirasi (markaziy va mahalliy soliqlar),
mahsulot
tannarxiga qo‘shilish usuli (to‘g‘ri va egri soliqlar) va iqtisodiy mazmuniga qarab
ham turkumlanadi.
Soliqlarni pasaytirish iqtisodiy yuksalish va davlat daromadlarining o‘sishiga
olib kelishini birinchi bo‘lib amerikalik iqtisodchi A.Laffer asosladi. A.Lafferning
mulohazalariga ko‘ra, korporatsiyalar daromadiga soliqlar stavkasini haddan
tashqari oshirish ularning kapital qo‘yilmalariga bo‘lgan rag‘batini
susaytiradi,
fan-texnika taraqqiyotini to‘xtatadi, iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi va bular oxiri
oqibatda, davlat budjeti tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat budjetining daromadlari va soliq stavkasi o‘sishi o‘rtasidagi
bog‘liqlikning grafikda tasvirlanishi
“Laffer egri chizig‘i” nomini oldi (3-
chizma). Grafik tik o‘qida soliq stavkasi (R), yotiq o‘qida
- davlat budjetiga
tushumlar (V) aks etgan. Soliq stavkasining optimal miqdori (R
1
) davlat budjetiga
eng yuqori tushum (V
1
) ni ta’minlaydi. Soliqlar yanada oshirilganda ishlashga va
tadbirkorlikka qiziqish susayadi, 100 foizli soliq olishda
davlat daromadi nolga
teng bo‘ladi, chunki hech kim tekinga ishlashni xohlamaydi. Boshqacha aytganda,
uzoq muddatli istiqbolda haddan tashqari yuqori o‘rnatilagan soliqlarni pasaytirish
jamg‘armalar, investitsiyalar, bandlikning ortishi orqali
soliq undiriladigan yalpi
daromad hajmining o‘sishini ta’minlaydi. Natijada soliq tushumlari summasi
ko‘payadi, davlat daromadlari hajmi o‘sadi, taqchillik kamayadi va inflyasiyaning
223
susayishi ro‘y beradi. Lekin o‘z-o‘zidan
tushunarliki, Laffer samarasi faqat erkin
bozor mexanizmi me’yorida amal qilgan holdagina namoyon bo‘ladi.
R
R
1
0 V
1
V
Do'stlaringiz bilan baham: