U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
1-chizma. Lorens egri chizig‘i.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutlaq tengsizlikni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday daromadga ega bo‘lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo‘ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig‘i mutloq tengsizlikni ifodalaydi. 255 Real hayotda mutlaq tenglik va mutlaq tengsizlik holatlari mavjud bo‘lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o‘rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig‘i deb nomlanuvchi 0E egri chizig‘i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko‘rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to‘g‘ri keladi. Keyingi guruhlarga to‘g‘ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so‘nggi 20%ga to‘g‘ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo‘lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to‘g‘ri keladi va h.k. Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig‘i o‘rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, ya’ni Lorens egri chizig‘i 0E chizig‘idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo‘ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo‘lsa, bunda Lorens egri chizig‘i va bissektrisa o‘qi bir- biriga mos kelib, farq yo‘qoladi. Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko‘proq qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlaridan bir ditsel koeffitsienti hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich 10% eng yuqori ta’minlangan aholi o‘rtacha daromadlari va 10% eng kam ta’minlanganlar o‘rtacha daromadi o‘rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvetsiyada esa 5,5:1ga teng. Yalpi daromadning aholi guruhlari o‘rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling