106
7-BOB. MUKAMMAL RAQOBAT MODELI VA UNDA NARXNING
SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan
raqobat munosabatlari ham
takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Ayni paytda raqobat
mexanizmining shakllanishi va amal qilishi o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi.
Narx – bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o‘zining
vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi
hamda samarali amal
qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot
turli
tarmoq va sohalari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari bo‘yicha taqsimlanishiga,
aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi.
Shuningdek, u
ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirib, sog‘lom raqobat muhitining yaratilishiga
katta ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu bobda biz narxning iqtisodiy mazmuni va vazifalari,
shakllanish tamoyillari va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, narx turlari
bilan bir qatorda davlatning narx siyosati va uning O‘zbekistondagi o‘ziga xos
jihatlarini ham ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: