U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi
- Robinson-Petmen qonuni
P - MC
L = . P P va MC o‘rtasidagi tafovut qanchalik kata bo‘lsa, monopol hukmronlikning darajasi ham shu qadar yukori bo‘ladi. L miqdori 0 va 1 oralig‘ida bo‘ladi (0≤L≤1). P = MC bo‘lgan mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi 0 ga teng bo‘ladi. 3. Monopoliyaga qarshi qonunchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi Monopoliya holati tarmoqdagi ishlab chiqarishning ahamiyatli qismini egallab olish (ishlab chiqarish va kapitalning konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi), bozorlarni bo‘lib olish va narx darajasi to‘g‘risida yashirin va oshkora kelishuvlar, sun’iy taqchilliklarni vujudga keltirish va boshqa shart- sharoitlar asosida vujudga kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, bunday holatlarga qarshi kurashish uchun XIX asrning oxirlaridayoq AQSH va Evropaning rivojlangan 129 mamlakatlarida monopoliyaning salbiy kuchlariga ma’lum cheklovlar kiritishga harakat qilina boshlandi. Nisbatan mukammal monopoliyaga qarshi qonunchilik sifatida AQSH qonunchiligini ko‘rsatish mumkin bo‘lib, u 3ta asosiy qonundan iborat: 1. Sherman qonuni (1890 y.). Bu qonun orqali savdoni yashirin monopollashtirish, u yoki bu tarmoqda yakka nazoratni qo‘lga kiritish, narx buyicha kelishuvlar taqiqlanadi. 2. Kleyton qonuni (1914 y.). Bu qonun sotish sohasidagi ma’lum cheklashlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi birlashuvlar, o‘zaro bog‘liq direktoratlarni taqiqlaydi. 3. Robinson-Petmen qonuni (1936 y.). Savdo sohasidagi cheklovlarni, «narxlar qaychisi», narx bo‘yicha kamsitishlarni taqiqlaydi. 1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi: noqonuniy birlashish tushunchasi aniqlab berildi. Masalan, aktivlarni sotib olish yo‘li bilan birlashish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni orqali yirik firmalarning gorizontal birlashmalariga cheklovlar belgilangan bo‘lsa, Seller-Kefover tuzatishi vertikal birlashuvlarga chek qo‘ydi. Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshiruvchi davlat idoralari 2ta prinsipga yondoshishlari mumkin: 1) qonun talablariga qat’iy amal qilgan holda; 2) «oqilona yondashuv» prinsipi orqali. Masalan, SHerman qonuni talabiga ko‘ra, har qanday ikkita sherikning birgalikda ish yuritish borasidagi harakatini qonunchilik tomonidan ta’qib etilishi mumkin. «Oqilona yondoshuv» orqali esa faqat savdoning oqilona bo‘lmagan cheklovlari (bitimlar, birlashuvlar, sun’iy taqchillik hosil qilish) ta’qib qilinishi mumkin. Monopoliyaga qarshi qonunchilikni amalga oshirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Davlat monopoliya holatini cheklash orqali Ayni paytda raqobatga ham putur etkazib qo‘ymasligi lozim. Shunisi ham muhimki, trestga qarshi qonunchilik yirik korporatsiyalarga qarshi qaratilmagan. Chunki korxonalarning miqyosi hali ularni monopoliya 130 sifatida talqin etish uchu nasos bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarishi tartibga solish samarali raqobatga putur etkazuvchi cheklovchi amaliyotga qarshi yo‘naltirilgan. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling