U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Shaxsiy daromaddan soliqlari to‘langandan keyin, uy xo‘jaliklarining to‘liq 
tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi. 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad 
hisobidan to‘lanadigan soliqlar miqdorini shiqarib tashlash yo‘li bilan hisoblanadi. 
Soliqlar to‘langandan keyingi daromad uy xo‘jaliklari eng oxirida ega bo‘ladigan 
daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar o‘z tasarrufida bu daromadlarning bir 
qismini iste’mol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamg‘armaga yo‘naltiradi. 
Milliy mahsulot hajmining aniq baholanishiga hufyona iqtisodiyot ta’sir 
ko‘rsatadi. Xufyona iqtisodiyot - bu tovar-moddiy boyliklar va xizmatlarning 
jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan harakati, ya’ni davlat boshqaruv 
organlaridan yashirin holda alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasida 
amalga oshiriluvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Bu munosabatlar o‘z 
ichiga iqtisodiy faoliyatning barcha hisobga olinmagan, tartibga solinmagan 
turlarini oladi. Xufyona iqtisodiyot tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) jinoyatga aloqador iqtisodiyot – rasmiy iqtisodiyot tarkibiga iqtisodiy 
jinoyatning kiritilishi (boyliklarning talon-taroj qilinishi; nazoratning har qanday 
shaklidan yashiringan holdagi hufyona iqtisodiy faoliyat – narkobiznes, qimor 
o‘yinlari, fohishabozlik; daromadlarni noiqtisodiy qayta taqsimlash shakli 
sifatidagi fuqarolarning shaxsiy mulkiga qarshi umumjinoiy harakatlar – 
bosqinchilik, shaxsiy mulkni zo‘rlik bilan tortib olish, o‘g‘irlash, reket); 
2) soxta iqtisodiyot – hisobga olish va hisobotlarning amaldagi tizimiga soxta 
natijalarni haqiqiy natija sifatida kirituvchi rasmiy iqtisodiyot (qo‘shib yozishlar); 


144 
3) norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi norasmiy o‘zaro 
aloqalar tizimi bo‘lib, u mazkur sub’ektlar o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar va 
bevosita aloqalarga asoslanadi; 
4) yashirin ikkalamchi iqtisodiyot – yakka tartibdagi va kooperativ 
faoliyatning nazoratdan yashiringan, ya’ni qonun tomonidan taqiqlangan yoki 
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan turi. 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling