U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


-BOB. EHTIYOJLAR VA ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

2-BOB. EHTIYOJLAR VA ISHLAB CHIQARISH NAZARIYASI 
Insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning 
aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning 
mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo 
etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash, 
taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va 
ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi 
munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy 
bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli 
muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab 
chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va 
samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish 
imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi 
qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va 
kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli 
marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi. 
1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va turkumlanishi 
Iqtisodiyot asoslarini, uning amal qilish qoida va tamoyillarini o‘rganish, 
iqtisodiy muammolarni hal etish eng avvalo ehtiyoj tushunchasi bilan uzviy 
bog‘liqdir. Chunki, birinchidan, inson hayotiga turli ehtiyojlarning paydo bo‘lishi 
va qondirilishi jarayoni sifatida qarash mumkin. Ikkinchidan esa, iqtisodiyotning 
doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning 
cheklanganligi orqali namoyon bo‘ladi. 
Bakalavriat kursidan ma’lum bo‘lganidek, insonning yashashi va kamol 
topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy 
vositalarga bo‘lgan zarurat iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi. 
Ehtiyojlar turli-tuman bo‘lib, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, 
siyosiy va boshqa turdagi ehtiyojlarga ajratish mumkin. Ular orasida kishilarning 


26 
yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy 
ne’matlardan hamda xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar 
alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlarning asosiy jihati – ularni qondirish uchun 
iqtisodiy faoliyat yoki ijtimoiy ishlab chiqarishning taqozo etilishidir. O‘z navbatida 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling