U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
6 KIRISH Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o‘sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma’naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a’zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari amalga oshirilmoqda. Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiyot nazariyasi» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Mavjud iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning echimini izlab topish, milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiyot sirlarini, ayniqsa bozor va bozor iqtisodiyoti munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun- qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning, uni chuqurlashtirishning, iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, 7 unumli mehnat qilish yo‘llarini va shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun magistratura talabalari uchun «Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar» fanidan o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan. Asosiy iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan. Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek, takrorlash va munozara uchun savollar ham berildi. Zamonaviy iqtisodiy nazariyalar bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan 5A230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling