U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
13 3. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning metodologik tamoyillari Boshqa fanlar singari, iqtisodiyot nazariyasi fanining amalda vujudga kelishi tadqiqot predmetining shakllanishi bilan birga uning bilish usulining qaror topishiga ham bog‘liqdir. Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. U iqtisodiy hodisalarni o‘rganishga umumiy yondashuv, haqiqatni yagona va yaxlit holda tushunish, yagona falsafiy asosning mavjudligini taqozo etadi. Uslubiyat asosiy masala, ya’ni iqtisodiyot nazariyasi u yoki bu iqtisodiy tizimning amal qilishi va yanada rivojlanishini qanday ilmiy usullar, vositalar orqali bayon etilishini hal etishga yordam berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi uslubiyatida bir necha asosiy yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) sub’ektiv; 2) neopozitiv-empirik; 3) ratsionalistik; 4) dialektik. Sub’ektiv yondashuvda iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tahlil qilishda xo‘jalik yurituvchi alohida sub’ekt nuqtai-nazaridan kelib chiqiladi. Ayniqsa, mazkur yondashuvdan iste’molchi xatti-harakati nazariyasi, alohida bozor ishtirokchilarining xulq-atvorlarini bayon etishda keng foydalaniladi. Neopozitiv-empirik yondashuv iqtisodiy hodisa va jarayonlarni nisbatan mukammalroq o‘rganish hamda baholashga asoslanadi. Tadqiqotning diqqat markazida bilishning texnik apparati maydonga chiqib, u bilish vositasidan uning predmetiga (matematik apparat, ekonometrika, kibernetika va h.k.) aylanadi. Tadqiqot natijasi bo‘lib esa asosiy kategoriyalardan iborat bo‘lgan turli ko‘rinishdagi iqtisodiy modellar maydonga tushadi. Ratsionalistik yondashuv insoniyat taraqqiyotining tabiiy yoki ratsional qonunlarini ochib berishga qaratilgan bo‘ladi. Bu esa iqtisodiy tizimni, uni tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni, jamiyatning iqtisodiy tuzilishini tadqiq qilishni taqozo etadi. Shuningdek, iqtisodiy ratsionalizm konsepsiyasi mikroiqtisodiy 14 tahlilda keng qo‘llaniluvchi qoidalardan biri hisoblanadi. Uning asosida iqtisodiy sub’ektning mavjud imkoniyat va resurslarning cheklanganligi sharoitida minimal xarajatlar asosida maksimal natija olishga intilishi yotadi. Kishilar doimo o‘z sub’ektiv manfaatlarini qondirishda cheklangan iqtisodiy ne’matlardan foydalanishning muqobil usullarini tanlash zaruriyatiga duch keladilar. Tabiiyki, o‘zlarining ratsional hatti-harakatlarini amalga oshirish uchun iqtisodiy sub’ektlar tanlash erkinligiga ega bo‘lishlari lozim. Ratsionallik darajasiga ko‘ra uning ikki turi farqlanadi: 1. To‘liq ratsionallik. Bu ko‘proq nazariy tasavvur bo‘lib, unda iqtisodiy sub’ekt mavjud axborotdan eng yuqori darajada foydalanib, qilingan xarajatlar bilan olingan natijalar o‘rtasidagi eng yuqori tafovutga erishadi (minimal xarajat sharoitidagi maksimal foyda). 2. Cheklangan ratsionallik. Bunda axborotlarni to‘plash va tahlil qilishning qiyinligi tufayli xo‘jalik qarorlarini qabul qilishda undan to‘liq foydalanishning mumkin emasligini aks ettiradi. Bunday holatda qarorlar qisman tajriba, intuitsiya va boshqalar asosida qabul qilinib, ulardan olinadigan sof foyda nisbatan kamroq bo‘ladi. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling