18
funksional tahlil, mikroiqtisodiy modellashtirish, grafik
usul kabilar keng bayon
etilgan. Quyida mazkur usullarning asosiylariga to‘xtalib o‘tamiz.
So‘nggi qo‘shilgan miqdor nuqtai nazaridan tahlil (marjinalizm). 19-
asrning ikkinchi yarmida me’yoriy foydalilik va me’yoriy unumdorlik yoki
marjinalizm (marginal (ingl.) - me’yoriy) nazariyasi shakllandi. Marjinalizm
nazariyasi – bu xo‘jalik munosabatlariga jalb etilgan alohida sub’ektning
ruhiyati
nuqtai-nazaridan amalga oshiriluvchi iqtisodiy tahlil. Mazkur sub’ekt iqtisodiy
jarayonda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikdan olinishi mumkin bo‘lgan
me’yoriy foyda yoki me’yoriy yo‘qotishlarga eng avvalo xususiy baholash orqali
yondoshadi. Bunday baholashlar asosida ishlab chiqarish xarajatlari, talab va taklif,
narx nazariy jihatdan izohlab beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: