U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Funksional tahlil. Barcha iqtisodiy modellar iqtisodiy o‘zgaruvchilar 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Ko‘pincha bu bog‘liqliklar funksiya 
ko‘rinishida ifodalanadi. Funksiya – bu bir qator o‘zgaruvchilarning boshqalariga 
bog‘liqligini aks ettiruvchi matematik tushuncha. Masalan, non bozori modelini 
ko‘rib chiqishda, biz nonga bo‘lgan talab nonning narxi va jami daromad hajmiga 
bog‘liq, deb ta’kidladik. Buni quyidagi tarzda ifodalash mumkin: 
Q
d
 = D(P
b
, Y).
Bu tenglamadan nonga bo‘lgan talab (Q
d
) nonning narxi (P
b
) va daromad 
hajmi(Y)ning funksiyasi deyish mumkin. Funksiyani yozishda qavs oldida turgan 
o‘zgaruvchi (D) funksiyani anglatadi. 
Non bozori modelida Q
d
= D(P
b
, Y) ifodasi nonga bo‘lgan talabning 
omillarini aniqlab beradi. Agar biz nonga bo‘lgan talab to‘g‘risida ko‘proq 
ma’lumotga ega bo‘lganimizda, quyidagicha yoza olgan bo‘lar edik: 
Q
d
 = 60 - 10P

+ 2Y. 
Bunday holda talab funksiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
D(P
b
, Y) = 60 - 10P

+ 2Y. 
Mazkur funksiya non narxi hamda daromad hajmining har bir darajasiga 
muvofiq keluvchi nonga bo‘lgan talabni aniqlash imkonini beradi. Masalan, agar 
daromad 10 ga, nonning narxi 2 ga teng bo‘lsa, nonga bo‘lgan talab 60 ga teng 


19 
bo‘ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‘lgan talab 50 ga qadar 
qisqaradi. 
Funksiya o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat ma’lum bo‘lmagan 
hollarda ham ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 
nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda talab kamayishini bilgan holda
qanchaga kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz 
o‘zgaruvchilar o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik mavjudligini bilsak, uni funksional 
shaklda ifodalash maqsadga muvofiqdir. 
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning 
muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir 
tekis va to‘g‘ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning 
barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika va texnologiyaning holati
iste’molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab 
berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda 
tashqi sharoit va parametrlar o‘zgarmagan holda xo‘jalik jarayonining birorta 
ishtirokchisida o‘z iqtisodiy hulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘bat mavjud bo‘lmaydi. 
Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx 
va qiymatning muvozanati boshlang‘ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik 
abstraksiya asosida keyinchalik qo‘shimcha qiymat, foyda, foiz, renta va boshqa 
nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraksiyasining 
qo‘llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‘qotishlarga olib 
kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda 
ochib berish imkonini yaratadi. 
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki, 
talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat abstraksiyasidan o‘rinsiz foydalanish o‘z 
mohiyatiga ko‘ra faqat nomuvozanat sharoitida amal qila oluvchi bir qator 
iqtisodiy kategoriyalarning tahlili uchun to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddatli 
muvozanat iqtisodiy tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‘ta 
zarur, biroq birinchi bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‘jalik 
yuritishning tarixiy evolyusiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‘sishi 


20 
manbalarini ochib berishga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika 
taraqqiyoti, iste’molchi didlari, mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi, 
institutsional tizim, jahon xo‘jaligi aloqalari va boshqalar o‘zgarishining ta’siri 
ostida iqtisodiy muvozanatning buzilishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishni taqozo 
etadi.

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling