60
Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni
qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning
biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai
nazaridan tahlil qilgan
bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar.
Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga
va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur
(3-chizma).
Asosiy tayanch tushunchalar
Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan,
ayirboshlash uchun
yaratilgan mahsulotdir.
Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini
qondirish layoqati.
Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol
qiymatning boshqa turdagi
iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.
Aniq mehnat –muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan
mehnat.
Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qat’iy
nazar umuman inson
ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.
Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida
ishlab chiqarilgan mahsulot
miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan
aniqlanadi.
Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.
Do'stlaringiz bilan baham: