U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev


Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga


Download 3.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/225
Sana20.09.2023
Hajmi3.85 Mb.
#1681960
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   225
Bog'liq
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta

Davlat – foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga 
solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkilotlari va muassasalari 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Shuningdek, ba’zi darslik va o‘quv qo‘llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir 
alohida, mustaqil sub’ekti sifatida banklar ajratib ko‘rsatiladi.
16
Bank – iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirib o‘tilgan bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining o‘zaro 
ta’siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin (7-chizma). 
16
Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. 
Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.;


76 
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to‘rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat. 
 
 
 
 
 
 
 
7-chizma. Bozor xo‘jaligi sub’ektlari o‘zaro aloqasining umumiy modeli. 
 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustun turishi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- raqobat kurashning mavjudligi
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining tarixan tarkib topgan ikki turini ajratish zarur. 
Birinchisi klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb atalib, uzoq vaqt davomida 
shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom 
etib keldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda 
iqtisodiy faoliyat yuritish; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida 
umumlashganligi; 
v) 
tadbirkorlar, 
ishchilar, 
ishlab 
chiqaruvchi 
va 
iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun 
kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat 
kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, 
ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi. 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor 

Download 3.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling