U. V. G‘afurov, B. E. Mamarahimov, Q. B. Sharipov, F. O. Otaboyev
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
cover IqtNaz Kaf 04.ZAMONAVIY IQTISODIY NAZARIYA 10ta
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi.
Uning asosiy belgilari: a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, Bank Uy xo’jaligi Korxona (firma) Davlat 77 jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi; b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish); d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta fondlarining vujudga kelishi. Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (8-chizma). 8-chizma. Zamonaviy bozor xo‘jaligi modellari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modеllari Mеzonlar Ko‘rsatilgan mеzonlarga muvofiq kеluvchi davlatlar Davlat dasturlarining maqsadga yo’naltirilganligi Iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillari Davlat sеktorining iqtisodiyotdagi ulushi Korporativ iqtisodiyot Aralash iqtisodiyot Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish Uzoq muddatli dasturlarning ishlab chiqilishi 30% Gеrmaniya Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha shart- sharoitlar yaratish Taktik usullardan ustun ravishda foydalanish 10% atrofida AQSH Yirik ishlab chiqarish man- faatlarini himoya qilish Asosiy ustuvor- liklarni bеlgilab olish Ahamiyatsiz darajada Yaponiya, Shvеtsiya 78 Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi. Har qanday iqtisodiy tizim singari bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiyotning umumiy muammolarini ifoda etuvchi quyidagi savollarga javob topishi zarur: nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? qanday texnika va texnologiya bilan ishlab chiqarish zarur? kim uchun ishlab chiqarish zarur? Agar bu savollarni umumiy ravishda qo‘yib, unga taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos bo‘lgan umumiy javobni beradigan bo‘lsak, ularni lo‘nda qilib: aholi ehtiyoji uchun zarur miqdor va turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; mavjud resurslardan samarali foydalanib, yangi texnika va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish; aholi iste’moli uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish, deb javob berish mumkin. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida bu savollarga mazkur tizimning o‘ziga xos tarixiy xususiyatidan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqib javob beriladi. Qisqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida: a) ko‘proq foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi; b) puli bor, tovarlarni yuqori foyda olish imkonini beradigan narxlarda sotib olish layoqatiga ega xaridorlar uchun ishlab chiqariladi; v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling