82
3) mazkur to‘plamlarning ba’zi birlarini (masalan 1-, 4-, 5-to‘plamlarni)
tasvirdagi egallagan maydoniga qarab (ya’ni, har ikkala tovarning miqdori bir xilda
ko‘pligiga qarab) osongina taqqoslash mumkin bo‘lsa, boshqa birlari to‘g‘risida
bunday to‘liq axborot yo‘qligi tufayli (masalan, 1-to‘plamni 2- va 3-to‘plamlar
bilan) taqqoslab bo‘lmaydi.
Bunday qo‘shimcha axborotni 1-, 2- va 3-nuqtalardan o‘tuvchi befarqlik egri
chizig‘i beradi. Bu egri chiziq tovarlarning ushbu uchala to‘plami iste’molchi
uchun befarqligini anglatadi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi ko‘rinishda
bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib
borishi shu bilan izohlanadiki, har
ikkala tovar ham iste’molchi uchun foydali hisoblanadi. SHunga ko‘ra, 2-
to‘plamdan 1-to‘plam tomon harakat qilib, iste’molchi A tovarni ko‘proq
xarid
qiladi va foydalilik miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha
miqdordagi foydalilikka ega bo‘lgan V tovardan voz kechadi. Qisqasi,
A tovar
qanchalik ko‘p bo‘lsa, V tovar shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar
o‘rtasida teskari aloqa mavjud. O‘zgaruvchilari o‘rtasida
teskari aloqa mavjud
bo‘lgan har qanday egri chiziq esa pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, befarqlik kartasi hosil bo‘ladi. Har bir
befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini
ifodalaydi. 3-chizmada befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizig‘i
ehtiyojlarni
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
V
S
V
A I
3
I
2
I
1
A
Do'stlaringiz bilan baham: