89
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – talab hajmiga ta’sir
qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi
talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – iste’molchi
daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini
ifodalovchi
ko‘rsatkich.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining
mohiyati nimadan
iborat?
2. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasiga kardinalistik va
ordinalistik yondashuvlarning farqi nimada?
3. Gossenning birinchi va ikkinchi qonunini tushuntirib bering.
4. Iste’molchi tanlovi asosida qanday hodisa va jarayonlar yotadi?
5. Befarqlik egri chizig‘i nima va uning o‘zgarishi qanday omillarga bog‘liq?
6. Befarqlik kartasi nimani ifodalaydi?
7. Budjet cheklovi nima va u iste’molchi tanloviga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
8. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi?
9. Talab omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish
ro‘y beradi?
10. Daromad va almashuv samaralarining mohiyatini tushuntirib bering.
Ularning talab egiluvchanligiga ta’siri bormi?