U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/85
Sana03.11.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1744533
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
49997 (3)

UO‘K: 519.2 (075.32) 
KBK 22.171 
 
Taqrizchilar: Sh.Q.Farmonov – O„zMU qoshidagi Matematika instituti 
“Ehtimollar nazariyasi” bo„limi mudiri, O„zMU professori, 
O„zRFA akademigi;  
 
G.Gaimnazarov – Guliston davlat universiteti “Matema-
tika” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.  
 
 
O‘quv qo‘llanma Guliston davlat universiteti ilmiy Kengashining 
2017-yil 17-oktyabrdagi 3-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan chop etildi.
 
 
 
ISBN 978–9943–11‒622‒1 
 
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2017. 
 
 



 
SO‘Z BOSHI 
 
Matematika fani borliqdagi obyektlarning fazoviy formalari va ular 
orasidagi miqdoriy munosabatlarni baholash xususiyatiga ko„ra deter-
ministik va stoxastik yo„nalishlarga ajralgan. XX asrning 80‒90-
yillarida ilmiy manbalarda “stoxastika” atamasi keng qo„llanila 
boshlandi va u matematika fanining tasodifiylikka asoslangan barcha 
tarmoqlari: kombinatorika, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 
tasodifiy jarayonlar nazariyasi, graflar nazariyasi, o„yinlar nazariyasi, 
matematik mantiq kabi sohalarning umumlashma nomi sifatida talqin 
etila boshlandi.
Respublikamizda stoxastika elementlarining (kombinatorika, ehti-
mollar nazariyasi va matematik statistika) tushunchalari akademik litsey 
va kasb-hunar kollejlari matematika fani o„quv dasturlariga kiritilgan.
Mazkur o„quv qo„llanma akademik litsey va kasb-hunar kollejla-
rining matematika fani o„quv dasturlaridagi kombinatorika, ehtimollar 
nazariyasi va matematik statistikaga oid barcha materiallarni o„z ichiga 
oladi. O„quv qo„llanma 4 ta bob, 15 ta paragraf, 38 ta banddan iborat 
bo„lib, har bir paragraf bir necha bandlarga bo„lingan.
Qo„llanmaning eng ijobiy va yutuq tomonlaridan biri ‒ muallifning 
tadqiqotlari asosida misol va masalalar yangidan tuzilganligi, nazariy 
materiallar esa o„quvchilarning psixologik xususiyatlarini va fanning 
uzviyligi, izchilligini hisobga olib bayon qilinganligidadir. Shuningdek, 
nazariy ma‟lumotlarni bayon etishda misollardan keng foydalanilgan 
bo„lib, 323 ta misol va masalalar yangi tuzilgan, jumladan: 81 ta misol 
va masalalar yechib ko„rsatilgan.
O„quv qo„llanmaning birinchi bobida stoxastika elementlarining 
paydo bo„lishi haqidagi ayrim tarixiy ma‟lumotlar, stoxastika 
tushunchasining ma‟nosi va stoxastik metodlarning ahamiyati, bu 
sohani shakllanishiga salmoqli hissa qo„shgan yetuk olimlar haqida 
ma‟lumotlar, stoxastikaning matematika ta‟limida va uzluksiz ta‟limda 
tutgan o„rni bilan bog„liq ba‟zi ma‟lumotlar bayon etilgan.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling