U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika


SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/85
Sana03.11.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1744533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85
Bog'liq
49997 (3)

SA’DI HASANOVICH SIROJIDDINOV 
 
(1920-1988) Farg„ona viloyati Qo„qon shahrida 
tug„ilgan. 1942-yilda O„rta Osiyo Davlat univer-
sitetining 
(hozirgi 
O„zMU) 
fizika-matematika 
fakultetini tomomlagan. 1942‒1944-yillarda harbiy 
xizmatda injener-sinoptik vazifasida bo„lgan. 1944‒
1947-yillarda O„zR FA matematika institutida 
akademik 
V.N.Romanovskiy 
ilmiy 
rahbarligida 
aspiranturani o„tagan va “Ermitning ko„p o„lchovli 
polinomlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 
yoqlagan. Bu ilmiy tadqiqot ishida Ermit ko„phadlarining matematik 
statistikadagi tatbiqi bilan bog„liq masalalar ko„rilgan. S.H.Sirojiddinov 
1946‒1949-yillarda O„rta Osiyo Davlat universitetida dotsent, O„zFA 
matematika institutida katta ilmiy xodim bo„lib ishladi. 1949‒1952- 
yillarda nufuzli ilmiy markazlardan biri hisoblangan Rossiyadagi 
V.A.Steklov nomli matematika institutida A.N.Kolmogorov ilmiy 


20 
rahbarligida doktoranturani o„tadi va 1953-yili shu institutda “Bir jinsli 
Markov zanjirlari uchun limit teoremalar” mavzusida doktorlik dissertat-
siyasini himoya qildi. Bu dissertatsiyaga B.V.Gnedenko, Yu.V.Minnik 
va M.V.Smirnov kabi taniqli akademiklar opponentlik vazifasini baja-
rishgan. S.H.Sirojiddinovning doktorlik dissertatsiyasida birinchi bo„lib 
bog„liqsiz tasodifiy miqdorlar uchun markaziy limit teoremalardagi 
qoldiq hadning nolga intilishi tartibi bir jinsli Markov zanjirlari uchun
ham bir xil bo„lishligi isbot qilinganligi ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika fanida katta yangiliklardan biri bo„ldi. Shuningdek, 
bu natijalarni olishda oddiy Markov zanjirlari uchun A.N.Kolmogorov 
tomonidan isbotlangan ko„p o„lchovli lokal teoremaning qoldiq hadining 
asimtotik yoyilmasi topildi. Bu natijalarni olishda S.H.Sirojiddinov 
stoxastik matritsalarni spektral nazariyasini kashf etdi va uni analitik 
metod ‒ xarakteristik funksiyalar metodi bilan moslashtirdi. 
S.H.Sirojiddinovning matematik statistikaga bag„ishlangan ishlari ishlab 
chiqarish mahsulotlarini nazorat qilish metodlariga bag„ishlangan. 
1953‒1957-yillarda Moskva Davlat universitetida professor vazifasida 
ishlagan paytlarida tayyor mahsulotlar sifatini statistik usullar bilan 
nazorat 
qilish, 
diskret 
taqsimotlarni 
o„rta qiymatlari uchun 
“siljimaydigan” statistik baholar topish masalalari bilan shug„ullanib, 
katta natijalarga erishdi. Akademiklar V.I.Romanovskiy (1879-1954), 
T.A.Sarimsoqov (1915-1995), S.H.Sirojiddinovlarning (1920-1988) 
sa‟y-harakatlari natijasida O„zbekistonda matematika sohasida yetakchi 
ilmiy maktab barpo etildi. Bu maktab bag„rida matematikaning turli 
ilmiy yo„nalishlari, shu jumladan, zamonaviy ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika rivojiga bebaho hissa qo„shgan olimlarning butun 
bir guruhi tarbiya topdi. Ayniqsa, akademik S.H.Sirojiddinovning 
zamonaviy matematikaning yangi yo„nalishlarini rivojlantirishda, yosh 
talantli matematiklarni tanlash va tarbiyalash, O„zbekistonda matematik 
ta‟limni takomillashtirish va rivojlantirishdagi katta xizmatlarini alohida 
ta‟kidlash joiz. Uning rahbarligida va bevosita ishtirokida ehtimollar 
nazariyasi va matematik statistika fani hamda O„rta Osiyo matematika 
tarixi ustida keng miqyosda ilmiy tadqiqotlar olib borildi, bu sohalarda 
bajarilgan ishlar mamlakatimiz va xorij mutaxassislarining diqqatiga 
sazovor bo„ldi. Xorijlik S.A.Ayvazyan, M.L.Meshalkin kabi yetuk 
mutaxassislar S.H.Sirojiddinovning bevosita shogirdlari hisoblanadi. U, 
O„zbekiston ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistika fanini 
hamda matematika tarixini o„rganish sohasidagi yetakchi ilmiy 
markazlardan biriga aylanishiga o„zining betinim mehnati, faoliyati 


21 
bilan salmoqli hissa qo„shdi. S.H.Sirojiddinov tashabbusi bilan 
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining, jumladan: o„zaro 
bog„liq tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi; tasodifiy jarayonlar 
(xususan, tarmoqlanuvchi jarayonlar, ommaviy xizmat qo„rsatish 
sxemalari, statsionar jarayonlarning ektremal masalalari); statistik 
baholarning asimtotik xossalari kabi zamonaviy yo„nalishlarda ilmiy 
tadqiqotlar olib borildi. S.H.Sirojiddinov ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika fani bo„yicha ilmiy mutaxassislarni tayyorlashga 
ham katta e‟tibor berdi, uning rahbarligida 10 dan ortiq doktorlik va 60 
dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, shuningdek, u 120 
dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, 2 ta o„zbek tilida nashr 
etilgan darsliklar (“Kompleks o„zgaruvchining funksiyalari”, “Ehtimol-
lar nazariyasi va matematik statistika”) va bir necha o„quv qo„llanmalar 
muallifi, ko„pgina ilmiy asarlar muharriridir. S.H.Sirojiddinov samarali 
ilmiy-pedagogik faoliyatini jamoat va tashkiliy ishlar bilan qo„shib olib 
bordi. U 1956-yil O„zRFA haqiqiy a‟zosi, 1957‒1960 va 1962‒1967-
yillarda O„zR FA ning V.I.Romanovskiy nomli matematika instituti 
direktori, 1967‒1970-yillarda ToshDU (hozirgi O„zMU) rektori, 1970‒
1983-yillarda O„zR FA Vitse prezidenti, 1983‒1987-yillarda ToshDU 
rektori vazifalarida xizmat qildi. 1986-yili ehtimollar nazariyasi va 
matematik statistika fani bo„yicha Xalqaro Bernulli jamiyatining 1-
kongressi Toshkentda bo„lib o„tgani va unda akademik S.H.Sirojiddinov 
tashkiliy qo„mita raisi vazifasini bajarganligini faxr-iftixor bilan 
eslaymiz. Olim 1956-yilda Moskva matematiklar jamiyatining 
a‟zoligiga, 1966-yilda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassis sifatida Xalqaro 
statistika institutining a‟zoligiga saylandi. S.H.Sirojiddinov ilm-fanga 
qo„shgan katta hissasi uchun hamda yuqori malakali matematik 
mutaxassislarni tayyorlashda yuksak xizmatlari, samarali ilmiy, ijtimoiy 
faoliyati uchun O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi (1970-y.) va 
Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofoti (1973-y.) hamda bir qancha 
ordenlar, medallar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling