U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHOKIR QOSIMOVICH FARMONOV
22 TURSUN ABDURAHIMOVICH AZLAROV 1938-yilda Toshkent shahrida tug„ilgan. 1955-yilda o„rta maktabni a‟lo baholarga tamomlab, 1955-yili ToshDUga (hozirgi O„zMU) matematika ixtisosligi bo„yicha o„qishga qabul qilindi va 1960-yili oliygohni imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1960‒1963-yillarda ToshDU da akademik S.H.Sirojiddinov rahbarligida aspiranturani o„tadi va 1963-yili “Lokal limit teoremalarda tekis baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1963‒1970-yillarda ToshDU da katta o„qituvchi, dotsent, 1970‒1972-yillarda O„zRFA matematika institutida katta ilmiy xodim, 1972‒1985-yillarda shu institutning bo„lim mudiri, 1985-yildan ToshDU amaliy matematika va mexanika fakulteti umumiy matematika kafed- rasining mudiri vazifalarida xizmat qildi. 1973-yil S.H.Sirojiddinov rahbarligida “Ommaviy xizmat ko„rsatishning matematik nazariyasi bo„yicha tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va 1974-yilda unga professor unvoni berildi. T.A.Azlarov ehtimollar na- zariyasining limitik teoremalariga, ommaviy xizmat ko„rsatishning ma- tematik nazariyasi va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar bilan yaqinlashtirish nazariyasiga bag„ishlangan salmoqli ilmiy tadqiqot- larini olib bordi. Markov zanjirlari uchun statistik masalalar va shunga bog„liq amaliy masalalar bo„yicha katta natijalarni qo„lga kiritdi. T.A.Azlarov, ilm-fanning rivojlanishiga va tatbiqlanishiga qo„shgan kat- ta hissasi hamda yuqori malakali matematik mutaxassislarni tayyor- lashdagi beminnat xizmatlari, samarali ilmiy faoliyati uchun, Abu Rayxon Beruniy nomli davlat mukofotiga (1973-y.) sazovor bo„ldi. SHOKIR QOSIMOVICH FARMONOV Taniqli matematik olim, f.m.f.d, professor, O„zbekiston Respublikasi FA akademigi, Abu Rayxon Beruniy nomli O„zbekiston Davlat Mukofoti laureati. Sh.Q.Farmonov – O„zbekistonda matematikaning aso- siy yo„nalishlaridan biri bo„lgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassis. Sh.Q.Farmonov akademik S.H.Sirojiddinovning shogirdlaridan biri bo„lib, hozirda ustozi tomoni- dan tashkil etilgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy 23 maktabining rahbaridir. Sh.Q.Farmonov 1941-yil 20-fevralda Farg„ona viloyatining Dang„ara tumanida tug„ildi. 1958-yilda Farg„ona davlat pedagogika instituti (hozirgi Farg„ona davlat universiteti)ning fizika- matematika fakultetiga o„qishga kirdi. Ikkinchi kurs oxirida Sh.Q.Far- monov o„zining dastlabki ilmiy ishini differensial tenglamalar bo„yicha professor J.X.Karimov (1909-1993) rahbarligida bajardi. 1961-yilning boshida Farg„ona davlat pedagogika institutiga akademik S.H.Sirojid- dinov tashrif buyuradi va fizika-matematika fakultetining eng faol tala- balari bilan suhbat o„tkazadi. Bu uchrashuvda keyin Sh.Q.Farmonov akademik S.H.Sirojiddinov tavsiyasi va ko„magi bilan Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug„bek nomli O„zbekiston Milliy uni- versiteti) mexanika-matematika fakultetining II kursiga qabul qilindi. 1963-yilning aprel oyida V kurs talabasi Sh.Q.Farmonov Bishkek shah- rida Xalqaro talabalar konferensiyasida qatnashdi va uning “Lokal limit teoremada qoldiq hadining baholari” nomli ilmiy ishi I darajali mukofotga sazovor bo„ldi. Sh.Q.Farmonovga, 1963-yilda ToshDU ni bitirgach, O„zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomli Matematika ilmiy tadqiqot institutiga yo„llanma berildi. Shu davrdan boshlab uning ilmiy va pedagogik faoliyati shu institut va Mirzo Ulug„bek nomli O„zMU bilan chambarchas bog„liq. 1966-yilda Sh.Q.Farmonov ustozi akademik S.H.Sirojiddinov ilmiy rahbarligida “Markov zanjirlari uchun ba‟zi limitik teoremalar” mavzusida nom- zodlik, 1973-yilda esa “Markovning bir jinsli zanjiriga bog„langan taso- difiy vektorlar va miqdorlar yig„indilari uchun limitik teoremalar bo„yi- cha tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Sh.Q.Farmonovning asosiy ilmiy izlanishlari zamonaviy ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning quyidagi yo„nalishlariga bag„ish- langan: ‒ bog„liqsiz va kuchsiz bog„langan tasodifiy miqdorlar va vek- torlarni qo„shish nazariyasi; ‒ tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar; ‒ tayyor mahsulotni statistik qabul nazoratining matematik usullari; ‒ tasodifiy joylashuvlar (Diskret matematikaning ehtimollik usul- lari). XX asrning 30‒40-yillarida yetuk matematiklar P.Levi, A.N.Kol- mogorov, A.Ya.Xinchin va B.V.Gnedenkolar harakatlari evaziga bog„- liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi yaratildi. Bu nazariyani bog„liq tasodifiy miqdorlar uchun umumlashtirish qiyin matematik muammo edi. Sh.Q.Farmonovning ilk izlanishlari obyekti ‒ holatlar 24 to„plami ixtiyoriy (abstrakt) bo„lgan bir jinsli Markov zanjiriga bog„langan tasodifiy miqdorlar yig„indilarining limit taqsimotlarini o„rganishdan iborat bo„ldi. U markaziy limit teorema o„rinli bo„lishining sodda yetarli shartlarini topdi. Uning yana bir salmoqli natijasi tekis ergodiklik (tekis qorishmalilik) shartini qanoatlantiruvchi Markov zanjiri uchun Berri-Esseenning klassik tengsizligining analogini isbotlashdan iborat. Shuni ta‟kidlash lozimki, bu natijalarning olinishi Sirojiddinov- Nagaev metodini takomillashtirish bilan bog„liq. Bu takomillashtirish Sh.Q.Farmonov tomonidan xarakteristik funksiyalarning analitik usuli va chegaralangan funksiyalarning Banax fazosida aniqlangan chiziqli operatorlar spektral nazariyasini birlashtirish natijasida ishlab chiqildi. Keyinchalik olim tomonidan, birinchi bo„lib, holatlari ixtiyoriy to„p- lamdan iborat bir jinsli Markov zanjirlari uchun Donsker-Proxorovning invariantlik prinsipi va Shtrassen formasidagi (funksional limit teorema) takroriy logarifm qonuni o„rinliligi isbotlandi. Mazkur natijalar mutaxassislar e‟tirofiga sazovor bo„ldi va ularni o„z ichiga olgan maqolalar A.N.Kolmogorov va Yu.V.Proxorov kabi akademiklar tomonidan nashrga tavsiya etildi. Akademik Sh.Q.Farmonov 1973-yilda “Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari va ularning tatbiqlari” turkumidagi ishlari uchun Abu Rayxon Beruniy nomli O„zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo„ldi (S.H.Sirojiddinov, T.A.Azlarov, M.Mamatov bilan birgalikda). Akademik Sh.Q.Farmonovning ilmiy izlanishlarida “Tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar” alohida o„rin tutadi. Uning ishlarida bunday jarayonlarning nisbatan murakkab bo„lgan modeli, ya‟ni migratsion komponentalarga ega bo„lgan modeli o„rganilgan. Oddiy tasodifiy jarayonlardan, ya‟ni evolyutsiyasini hosil qilish funksiyasining analitik usuli yordamida o„rganish muammo bo„l- magan jarayonlardan farqli o„laroq, bunday model “bog„liqsiz tarmoq- lanish” xossasiga ega bo„lmaydi. Shuning uchun ushbu jarayonlar holatlarining taqsimotlarini asimptotik tahlil qilish izlanishlarning yangi usullarini qo„llashni talab etdi. Sh.Q.Farmonov o„zi tomonidan klassik “momentlar usuli” ning takomillashtirilgan variantidan va sanoqli Markov zanjirlarining umumiy nazariyasidan foydalanib, holatga bog„- liq migratsiyali tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlarning yetarli darajada keng sinfi uchun limit xossalarini aniqladi. Tayyor mahsulotning statistik qabul nazorati bilan bog„liq masalalar amaliy matematik statistikaning aktual yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Statistik qabul nazoratining matematik usullari A.N.Kolmogorov, S.H.Sirojiddinov va gollandiyalik matematiklar F.Vander-Varden, A.Xaldlar tomonidan 25 ishlab chiqilgan (o„z vaqtida S.H.Sirojiddinov Xalqaro statistika instituti (Gollandiya) a‟zosi va birinchilar qatorida, bu institut qoshida tashkil etilgan Bernulli Jamiyatining a‟zosi bo„lgan). Sh.Q.Farmonov va uning shogirdlari ishlarida “Risk” funksiyasini minimallashtirish ma‟nosida optimallik xossalariga ega bo„lgan statistik qabul nazorati rejalarining yetarlicha keng sinfining tuzilishi o„rganildi. Bunda, boshqa mutaxassislardan farqli o„laroq, mos “Risk” funksiyalari ularga kiruvchi iqtisodiy parametrga nisbatan chiziqli bo„lmagan hol o„rganildi. Bu izlanishlarda zamonaviy bog„liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish naza- riyasining usullari va natijalari keng qo„llanildi (markaziy limit teore- mada yaqinlashish tezligining baholari, bog„liqsiz tasodifiy miqdorlar yig„indilari uchun asimptotik yoyilmalar). “Tasodifiy joylashuvlar” (Diskret matematikaning ehtimollik usullari) XX asrning 60‒70-yilla- rida zamonaviy ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning alohida yo„nalishi sifatida shakllandi. Bu yo„nalish masalalari va usullari mumkin bo„lgan natijalari diskret to„plamli turli stoxastik modellarda paydo bo„ladigan tasodifiy jarayonlarni talqin etishda muhim ahamiyatga ega. Sh.Q.Farmonov va uning shogirdlari ishlarida mos “tasodifiy joylashuvlar” chekli yoki sanoqli polinomial sxemani tashkil etgan holda, “bo„sh qutilar” klassik statistik kriteriysi qo„llanilishini asoslash bilan bog„liq muammolar o„rganildi. Bunda diskret bog„liq tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasiga qarashli “shartli lokal limit teoremalar”dan unumli foydalanildi. Ushbu yo„nalish bo„yicha olib borilgan izlanishlar natijalari va usullari diskret matematikaning ehti- mollik usullari bo„yicha Petrozavodskda o„tkaziladigan an‟anaviy konferensiyalarda ma‟ruza qilindi (1982, 1996, 2004, 2008 yillar). XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib, Sh.Q.Farmonovning izlanishlari “noklassik limit teoremalar” bilan bog„liqdir. Bu teoremalar “klassik” teoremalardan bog„liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasida muhim rol o„ynaydigan “yig„indilarning tekis cheksiz kichiklik sharti”ni qatnashmasligi bilan farq qiladi. Xususan, Lindeberg-Feller markaziy limit teoremasining noklassik varianti isbotlandi. Ushbu natijani isbot- lash jarayonida Sh.Q.Farmonov yaxshi ma‟lum bo„lgan Steyn usulining yangi takomillashgan variantini taklif etdi, bu usul yordamida kuchsiz bog„langan tasodifiy miqdorlar yig„indilarining taqsimoti o„rganildi. O„z ilmiy izlanishlari natijalari haqida Sh.Q.Farmonov Rossiya, AQSH, Yaponiya, Ukraina, Litva, Vengriya, Polsha, Malayziya, Mongoliya, JAR, Kanada ilmiy markazlarida va Fransiya, Shvetsiya, Singapur va boshqa davlatlarda bo„lib o„tgan xalqaro konferensiyalarda ma‟ruza 26 qildi. Sh.Q.Farmonov unumli ilmiy faoliyat bilan birgalikda, doimo ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash masalasi bilan ham shug„ullanib kelmoqda. Hozirgi vaqtga kelib u tomonidan o„ttizdan ortiq fan nom- zodlari va o„ndan ortiq fan doktorlari tayyorlandi. Milliy universitetdan, tashqari, u respublikamizning ko„plab oliy o„quv yurtlarida, o„qituv- chilar malakasini oshirish institutlarida ma‟ruzalar o„qiydi, shu bilan birga, barcha darajadagi maktab matematika olimpiadalarini tashkil etish va o„tkazishda faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda u O„zMU professori va O„zR FA, V.I.Romanovskiy nomli Matematika ilmiy tadqiqot institu- tining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” bo„limi mudiri sifatida O„zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika maktabini boshqarib kelmoqda va xorij davlatlari mutaxassislari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. U ko„plab konferensiyalar va forumlarda ishtirok etib, yangi g„oyalar va usullarni yetkazib bermoqda, bu esa, o„z navbatida, O„zbekistonda ushbu ilmiy yo„nalishning rivojlanishini ta‟- minlab kelmoqda. Hozirda u rahbarlik qilayotgan O„zbekiston ehti- molliklar nazariyasi va matematik statistika maktabida, jumladan: • tasodifiy va tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi; • tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi va uning tatbiqlari; • Markov zanjirlari, ommaviy xizmat ko„rsatish nazariyasi va boshqalar; • taqsimotlarning noma‟lum bo„lgan parametrlarini statistik baho- lash nazariyasi; • matematik statistikaning noparametrik masalalari yo„nalishida katta ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling